188 uchun
o’zlashtirib olishidir, inson bilan tabiat o’rtasida moddalar
almashinishining umumiy shartidir, inson hayotining abadiy tabiiy shartidir.
Mehnat,
ishlab
chiqarish
insonning
ijtimoiy
mavjudot
sifatida
shakllanishining, uning tabiatdan ajralib chiqishining negizidir. Insonlar
tirikchilik uchun zarur vositalarni ishlab chiqara boshlashlari bilanoq o’zlarini
hayvonlardan farq eta boshlaydilar. Mehnat qilish natijasida odam o’zining tabiiy
a’zolari faoliyatini o’zgartiradi, muskullari, paylari, oyoq va qo’llari rivojlanadi.
Shuningdek, odamning aqliy va jismoniy qobiliyatlari ham rivojlanadi, miyasi va
sezgi a’zolari taraqqiy etadi. Insonning sezgi a’zolari — mehnatning, ijtimoiy
munosabatlarning, inson amaliy faoliyatining mahsulidir.
Inson tabiat farzandi sifatida paydo bo’lgan bo’lsada, lekin insonga xos deb
e’tirof etilgan xususiyatlarning hammasiga u jamiyatda bevosita aralashish,
ta’lim-tarbiya olish, mehnat qilish orqali erishdi.
Mehnatning roli va ahamiyati, ayniqsa, ikki narsada kuchliroq seziladi.
Birinchidan, inson ajdodlari organizmi mehnat ta’sirida biologik mavjudotga xos
bo’lgan belgilardan ijtimoiy mazmunga xos tomonga o’zgara boshladi. Ikkinchidan,
mehnat gapirish, aloqa o’rnatish, ijtimoiy tajriba orttirish, inson ongi, til va
tafakkurining paydo bo’lishi va rivojlanishi uchun ham asos bo’ldi.
Odamning ongi ham o’zi kabi ijtimoiy taraqqiyot mahsulidir. Insonga xos
bo’lgan ong faqat mehnat jarayonida rivojlanadi. San’at, fan, madaniyat va
texnika taraqqiyoti tarixi bizning barcha fikrlarimiz, g’oyalarimiz mehnat
jarayonida tug’ilganligini va rivojlanib borganligini ko’rsatib turibdi.
Kishilar o’rtasidagi eng muhim aloqa vositasi bo’lgan tilning kelib chiqishi
va rivojlanishi ham mehnat bilan bevosita bog’liq. Mehnat natijasida qo’yilgan har
bir yangi qadam insonning bilim darajasini kengaytira bordi. U tabiat
predmetlarida doimiy ravishda yangi, shu vaqtgacha ma’lum bo’lmagan
xususiyatlarni ocha bordi. Ikkinchi tomondan, zaruriyat orqasida mehnatning
rivojlanishi jamiyat a’zolarining yanada yaqinroq jipslashuviga yordam beradi.
Natijada ularda bir-birlariga nimanidir aytish ehtiyoji tug’iladi. Bu ehtiyoj o’zaro