263 sermazmun tushuncha bo’lib o’z ichiga inson faoliyatining barcha shakllarini
qamrab oladi. Amaliyotning asosini mehnat, moddiy ishlab chiqarish tashkil etadi.
Bundan tashqari, siyosiy kurash, milliy ozodlik harakati, milliy tajriba ham
amaliyotga kiradi.
Amaliyot insonning o’ziga xos faoliyati bo’lib, faqat ulargagina tegishlidir.
Amaliyot insonlarning, tarixan yuzaga kelishi jarayonida shakllanib, barcha
jamiyatlar taraqqiyoti yo’lida rivojlanadi va mukammallashadi. Amaliyot tarixiy
taraqqiyot sub’ekti hisoblangan insonning, uning uchun ob’ekt hisoblangan
moddiy olam bilan bog’lanishidir. Bunday aloqadorlik jarayonida sub’ekt faol rol
o’ynaydi.
Amaliy ta’sir faqat ob’ektni emas, balki sub’ektning o’zini ham o’zgartiradi.
Amaliyot sub’ekti alohida insonlar, ijtimoiy guruhlar, sinflar, butun jamiyat ham
bo’lishi mumkin. Qachonki, bunday sub’ekt sifatida inson bo’lar ekan, amaliyot
alohida faoliyat tusini oladi va u bilan bog’langan bo’ladi. CHunonchi, har bir
inson shu jamiyat a’zosi bo’lar ekan, o’zining harakatlari bilan alohida jamoat
a’zosi bo’lib maydonga keladi. Shuning uchun ham alohida odamning faoliyati
ijtimoiy amaliyotning bir bo’lagi bo’lib hisoblanadi.
Amaliyot hamma vaqt ijtimoiy faoliyat bo’lgan va bundan keyin ham
shunday bo’lib qoladi. Amaliyotning bilish jarayonidagi roli quyidagilarda
namoyon bo’ladi: birinchidan, amaliyot bilishning boshlang’ich nuqtasi va
asosidir. Eng avvalo shuni e’tiborga olish kerakki, bilishning o’zi amaliyot asosida
va ayniqsa moddiy ishlab chiqarish ta’siri ostida vujudga kelgan. Bundan tashqari,
amaliyot bilish oldiga ma’lum vazifalarni qo’yadi va ana shu vazifalarni hal qilish
uchun yordam beradi, jumladan u ilmiy bilishni asbob-uskunalar bilan
qurollantiradi; ikkinchidan amaliyot bilishning maqsadi hamdir. Inson bilish
natijalaridan o’zining amaliy faoliyatida foydalanish uchun ham atrof-tevarakdagi
dunyoni bilib boradi, taraqqiyot qonunlarini ochadi; uchinchidan, amaliyot
haqiqatning mezonidir. Inson bilimlarining ob’ektiv olamga mos kelishi yoki
kelmasligi amaliyot jarayonida tekshiriladi. Amaliyot jarayon bo’lib, bunda