1-AMALIY MASHGʻULOT
Fanining asosiy tushunchalari mohiyati; xavf turlarini, ularni
guruhlash va identifikatsiyalash.
Hayot faoliyat xavfsizligi (HFX) — ishlab chiqarish va noishlab chiqarish
muhitida insonni atrof muhitga ta'sirini hisobga olgan holda xavfsizlikni
taminlashga yo'naltirilgan bilimlar sistemasidir.
Hayot faoliyat
– bu insonning kunlik faoliyati,
dam olishi va yashash
tarzidir. Inson hayoti jarayonida uni o`rab turgan atrof muhit bilan uzluksiz aloqada
bo`ladi va shu bilan birga har doim uni o`rab turgan muhitga bog’liq bo`lib kelgan
va shunday qolaveradi. Inson shuning uchun ham o`zini o`rab turgan atrof-muhit
hisobiga oziq-ovqat, havo, suv, dam olish uchun zarur moddiy narsalar va
boshqalarga bo`lgan ehtiyojini qanoatlantiradi.
Atrof-muhit
–bu insonni o`rab turgan muhit bo`lib,
insonning hayot
faoliyatiga, uning sog’ligi va nasliga to`g’ridan to`g’ri, birdan urinma yoki
masofadan ta`sir etishga qobiliyatli omillarning (jismoniy, ximiyaviy, biologik,
informatsion, ijtimoiy) shartli yig’indisidir.
Inson va atrof-muhit uzluksiz o`zaro ta`sirda bo`lib, doimiy harakatdagi
«Inson – atrof muhit» sistemasini tashkil etadi.
Tabiiy muhit o`zi mukammal bo`lib, inson ishtirokisiz
mustaqil mavjud
bo`laoladi va rivojlanaoladi. Inson tomonidan yaratilgan boshqa barcha borliq
muhiti mustaqil rivojlanaolmaydi va ular paydo bo`lganidan so`ng eskirishga va
yemirilishga mahkum narsalardir.
Insoniyat o`zining dastlabki rivojlanish bosqichida tabiiy atrof-muhit bilan
o`zaro uyg’un harakat qilgan. Atrof-muhit asosan biosfera, er osti,
gallaktika va
cheksiz koinotdan tashkil topgan.
Biosfera
- barcha turdagi organizmlar, jumladan inson yashashi mumkin
bo`lgan atrof-muhit bo`lib, u murakkab tuzilishdagi yer sharining muhim
qobig’idir. Biosfera bir necha milliard yillar davomida shakllangan.
Inson evolyutsiyasi jarayonida o`zini oziq-ovqat, moddiy boylikka bo`lgan
ehtiyojlarini samaraliroq qondirish, iqlim va ob-havo ta`siridan
himoyalanish,
o`ziga qulaylikni oshirishga intilib tabiiy muhitga, birinchi o`rinda biosferaga
to`xtovsiz ta`sirini o`tkazdi. Bu maqsadga etish uchun u biosferani bir qismini
texnosfera band etgan joyga aylantirdi.
Texnosfera
- o`tmishda biosferaga taalluqli bo`lgan keyinchalik insonlar
tomonidan moddiy,ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini
yanada yaxshilash maqsadida
to`g’ridan-to`g’ri yoki sirtdan texnik vositalar bilan ta`sir etgan hududdir.
Texnosfera insonlar tomonidan texnik vositalar yordamida yaratilgan shaharlar,
qo`rg’onlar, qishloq aholi punktlari, sanoat va korxonalar zonasi band etgan
hududlar hisoblanadi.
Zamonaviy hayotda insonlarning ijtimoiy mavqelarini yuksalishi bilan birga
ularning
tinchligiga, sog’ligiga va mehnati xavfsizligiga xavf soladigan omillar
soni ham ortib bormoqda. Ma`lum sharoitda ularni insonlarning ruhiy holatiga,
sog’ligiga salbiy ta`sirini ko`rsatishi hammaga ma`lum. SHu sababli insonlarni
nafaqat ularning aqliy yoki jismoniy mehnat faoliyati davomida balki, yashash
joyida, yo`lda va barcha holatlarda xavfsizligini, yaxshi kayfiyatini, mehnat