2-ma’ruza. Quyosh sistemasi reja



Yüklə 59,38 Kb.
səhifə1/8
tarix13.09.2023
ölçüsü59,38 Kb.
#143245
  1   2   3   4   5   6   7   8
2-Ma\'ruza Quyosh sistemasi


2-MA’RUZA. QUYOSH SISTEMASI
Reja:
1. Koinot. Asosiy kimyoviy moddalar. Gallaktika, uning turlari va tuzilishi. Yulduzlar tazimi.
2. Quyosh sistemasi va sayyoralar. Merkuriy, Venera, Mars, Yupiter, Neptun, Saturn, Uran. Quyosh sistemasidagi sayyoralarning oʻrganilganlik darajasi.
3. Sayyoralarning qobiqlari. Sayyoralar va Quyosh orasidagi masofa.
4. Yulduz, asteroid va meteoritlar.
Tayanch soʻz va iboralar: koinot, gallaktika, yulduzlar, Quyosh sistemasi, sayyoralar, Merkuriy, Venera, Mars, Yupiter, Neptun, Saturn, Uran, qobiq, asteroid, meteorit, kometa, dumli yulduz.
Adabiyotlar
1. Sharipova D., Xodiyeva D., Shirinov M. Tabiatshunoslik va uni oʻqitish metodikasi // darslik. –T.: 2018.
2. Nuriddinova M.I. Tabiatshunoslik oʻqitish metodikasi. –T.: “Choʻlpon”, 2005. -240 bet.
3. Vahobov H., Alimqulova N.R., Sultanova N.B. Geografiya oʻqitish metodikasi // darslik. –T., 2020. -238 bet.
4. Tabiiy fanlar [ Matn]: 1-sinf uchun darslik / K. Suyarov [va boshq.]. Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2021. – 88 b.
5. Tabiiy fanlar [ Matn]: 2-sinf uchun darslik / K. Suyarov [va boshq.]. Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2021. – 120 b.
6. Tabiiy fanlar [ Matn]: 3-sinf uchun darslik / K. Suyarov [va boshq.]. Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2022. – 136 b.
7. Bahramov. A., Sharipov Sh., M.Nabiyeva. Tabiatshunoslik 4-sinf uchun darslik . –T.: “Sharq”, 2020. -120 b.
8. Gʻulomov P.N. Maktab jugʻrofiya atamalari va tushunchalari izohli lugʻati. –T.: “Oʻqituvchi”, 1994. -144 bet.
Koinot. Asosiy kimyoviy moddalar. Gallaktika, uning turlari va tuzilishi. Yulduzlar tazimi
Koinot - makon va zamonda bepoyon borliq, cheksiz moddiy olam. Har xil alohida jismlarni, ularning sistemalarini, moddalarning harakati jarayonida vujudga keladigan kosmik obyektlarni (Yerga Qaraganda bir necha mln marta katta) oʻz ichiga oladi. Olamda sodir boʻladigan turli hodisalar oʻzaro bogʻliq va bir-birini taqazo etadi. Ular fazo va vaqtga bogʻliq holda rivojlanadi. Bu aloqalarga boʻysunadigan qonuniyatlarni oʻrganish tabiatshunoslikning asosiy vazifasidir. Moddaning koinotda makon va zamonda taqsimlanishi, turli kosmik jismlar va ularning tizimlari astronomiyada, koinotning umumiy tuzilishi, oʻtmishi va kelajagiga oid masalalar kosmologiyada oʻrganiladi.
Koinotning qariyb 85 foiz massasi qora teshiklar va Ulkan qora teshiklarga toʻgʻri keladi.
Jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida insoniyat koinotning biror chegarasini oʻrgana olgan. Koinot usullari va astronomik asboblar takomillashgan sari, koinotni kuzatish chegaralari kengayib, tadqiqotlar yanada chuqurroq, insoniyat bilimi haqiqatga yanada yaqinroq boʻlib borgan. Dastlab, inson oʻzi yashab turgan joy va uning yaqin atrofini, osmonda koʻzga tashlanib turadigan jismlarni birgalikda koinot deb tushungan. Yerning sharsimonligi maʼlum boʻlgandan keyin markazda Yer va uning atrofida aylanuvchi gʻoyat katta osmon gumbazi koinot hisoblangan. Beruniy, Ulugʻbek, N.Kopernik, J.Bruno, G.Galiley, I.Kepler, I.Nyuton va boshqalarning ishlari koinot haqida tasavvur hosil qilishda haqiqiy inqilob boʻldi hamda Yerning koinotdagi vaziyati haqidagi, sayyoralarning harakat qonunlari haqidagi va boshqa fanlarga asos solindi. Quyosh sistemasi haqida haqiqatga birmuncha yaqin tasavvur vujudga keldi. 19-asrda rus astronomi V.Y.Struve, nemis astronomi F.Bessel va boshqa olimlar koinotni tadqiq etishda yangilik - yaqin yulduzlargacha boʻlgan masofani aniqlaydigan yangi sahifani ochdilar. Yulduzlarning sayyoralarga qaraganda koʻp marta uzoqligi aniqlandi. Galaktika haqida tushuncha paydo boʻldi. Faqat 20-asr 30-yillaridagina uning oʻlchamlari va tuzilishi haqida umumiy maʼlumotlar olindi. Bu davrda osmondagi tumansimon spiral va elliptik obyektlarning Galaktikadan tashqarida joylashganligi, ularning har biri Galaktikaga oʻxshash bir necha oʻn milliard yulduzdan tashkil topgan mustaqil galaktikalar ekanligi isbotlandi.
Y er materik jismlarining yoshi zamonaviy hisoblashlarga koʻra, oʻrtacha 4,6 mlrd. yilni, Quyoshniki - 5 mlrd. yildan ortiqni, Galaktikalarniki - 10 mlrd. yilni tashkil etadi.
Bizni oʻrab turgan butun moddiy dunyo, shuningdek, Yerdan tashqarida boʻlgan kosmik fazo, sayyoralar va yulduzlar Koinotni tashkil qiladi. Oʻz hayoti davomida turli shakllarga kiradigan materiyaning boshi ham, adogʻi ham yoʻq. Koʻpchilik munajjimlar, Koinot bundan 15 000 mlrd. yil muqaddam sodir boʻlgan kuchli portlash natijasida vujudga kelgan, deb hisoblaydi. Olimlar “Katta Zarba” deb ataydigan bu kuchli portlash qaynoq gazlarni turli tomonlarga haydab yubordi va, nihoyat, oʻsha gazlardan galaktikalar, yulduzlar va sayyoralar tashkil topdi. Koinotning chek-chegarasi boʻlmasa kerak.
Koinotning kattaligi qancha? U shu darajada kattaki, munajjimlar uning koʻlamini yorugʻlik yillari bilan oʻlchashga majbur boʻlishadi. Yoruglik yili yorugʻlik bir yil davomida bosib oʻtadigan masofani anglatadi. Yorugʻlik sekundiga 300 000 (186 000 mil) kilometr tezlik bilan harakat qiladi. Shunga asosan, bir yorugʻlik yili 9 500 000 mln. km.ga teng.
Butun Koinot boʻylab sochilib ketgan yulduzlar gʻuj-gʻuj toʻplangan yerlar galaktika deb ataladi. Galaktika (yunoncha: Galaktikos - sutli, sutsimon) - umumiy oʻzaro tortishish kuchi bilan bogʻlangan hamda Quyoshni ham oʻz ichiga olgan 200 mlrd.dan ortiq yulduzning ulkan gravitatsion sistemasi.
Bizning Quyosh esa Somon Yoʻli galaktikasidagi yulduzdir. Yunon faylasufi Demokrit Somon yoʻli son-sanoqsiz yulduzlardan iborat deb taxmin qilgan edi. Shunday ekanligini birinchi boʻlib G. Galiley isbotladi (1610-yil).
Ushbu galaktikada ham milliardlab yulduzlar bor. Yorugʻlik galaktikamizning bir burchidan ikkinchi bir burchiga yetib borishi uchun, taxminan, yuz ming yil kerak boʻladi. (yorugʻlik bir yilda 9 500 000 000 000 kilometr masofani bosib oʻtadi!) Munajjimlar teleskoplar yordamida bizning galaktikamizdan boshqa yana millionlab galaktikalar borligini aniqlashgan. Bizga ma’lum galaktikalarning 3 turi ma’lum. Somon Yoʻli kabi spiral koʻrinishiga ega boʻlgan galaktikalar spiralsimon galaktikalar deb ataladi. Ularning eng yaqini, taxminan, Yerdan ikki million yorugʻlik yili uzoqlikda joylashgan. Bu Andromeda burjidagi katta spiralsimon galaktikadir. Kuzatiladigan eng yorqin galaktikalarning 17 foizga yaqinini ellipssimon galaktikalar tashkil etadi (ellips choʻzinchoq aylanadi, ya’ni tuxumga oʻxshaydi). Bunday galaktikalar, asosan, yulduzlardan tashkil topgandir. Ularda gaz va changlar oz miqdorda boʻlishi yoki, umuman, boʻlmasligi ham mumkin. Ba’zi galaktikalar notoʻgʻri galaktikalar deb ataladi, chunki ularning muayyan shakli yoʻq. Bunday galaktikalar yulduzlardan, chang va gazlardan tashkil topgandir.

Yüklə 59,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin