Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə254/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   466
TATU Falsafa

289
 
bo’lib, olamni yangicha izohlashga qaratilgan, murarrablikni o’rganadigan tabiiy va 
ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning tabiatini bilishga qaratilganilmiy yo’nalish, tafakkur 
uslubidir.
Sinergetika - olamning o’z-o’zini trashkil etishi, makon va zamonda narsa va 
voqealarning azaliy ketma-ketligi, o’zaro aloqadorligi, ularning muayyan tizimlardan 
iborat sababiy bog’lanishlar asosida mavjudligini `e’tirof etishga asoslangan ilmiy 
qarashlar majmuidir. Taraqqiyotning evolutsion tamoyilini asos qilib oluvchi 
sinergetika quyidagi tushunchalar orqali namoyon bo’ladi: 1)attractor; 2)bifurkatsiya; 
3)fraktallar; 4)nochiziqlilik, nomuvozanatsizlik; 5)ochiqlilik va hakozo. 
Sinergetika - ochiq murakkab strukturalarning o’zaro bog’liqligini o’rganuvchi, 
ochiq soha, shu sababli uning hozirga qadar aniqlanmagan ba’zi tushunchalari yosh 
olimlarimizning fan va inson borlig’iga oid fundamental tamoyillarni kashf etishga 
qaratilgan ilmiy tadqiqotlarida o’rganilmoqda. Sinergetika bugungi sivilizasiya 
rivojiga xos bosh tamoyil uzluksizlik, bosqichma-bosqich rivojlanish, muvozanatsizlik 
kabi qonuniyatlarni asoslab berib, fan, ijtimoiy hayot rivojida o’z isbotini topmoqda
1
.
 
6.5.Bilish metodologiyasi: asosiy tushunchalar. 
 
Inson o’z aql idroki bilan amaliy faoliyati jarayonida olam sirlarini bilishga 
intiladi. Bilish jarayonida u ob’ektga ham amaliy, ham nazariy jihatdan yondashish 
asosida uning qonuniy bog’lanishlarini ochib beradi. 
Bilish jarayoni insonsiz bo’lishi mumkin emas. Bilish inson qobiliyati, 
izlanuvchanligi mantiqiy kamolot darajasi hamda uning tafakkur organi — 
miyasiga bog’liq. Inson faoliyatiga xos bo’lgan bu qobiliyatnin bilishning pirovard 
maqsadi ijtimoiy zaruriy amaliy ehtiyojlarni qondirishdan iboratdir. 
Bilish taraqqiyoti fikrning bilmaslikdan bilishga qarab, to’la va mukammal 
bo’lmagan bilimdan to’la va mukammal bilishga qarab harakat qilishidan iborat 

1
Bu haqda qarang: G’affarova G.G’. Murakkab tizimlar va axborot generatsiyasining falsafiy – 


metodologik asoslari. Monografiya.-Toshkent:Mumtoz so’z., 2017. 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin