288 Dialektikaning narsa va hodisalarni har tomonlama va o’zaro munosabatda
tahlil qilish talabi qandaydir hodisani yoki uning ayrim tomonini biryoqlama ajratib
qabul qiluvchi sofistikaga tubdan qarama-qarshidir. Sofistlar masalaning ikkinchi
darajali tomonlarini birinchi o’ringa qo’yib masalaning mohiyatini u bilan o’rab
qo’yadilar.
Dialektika faqat hodisalarning hamma tomonlari aloqasini e’tiborga
olmaydigan sofistikaga qarshi bo’lmasdan, balki muhim va hal qiluvchilarini ajrata
olmasdan turli aloqa va munosabatlarni mexanik ravishda qo’shuvchi eklektikaga
ham qarshidir.
Sofistika va eklektikaga zid bo’lgan ilmiy falsafa narsa va hodisalarni tashkil
qilishda hamma aloqa va vositalarni hisobga olishni talab qiladi. Xuddi shunday
yondashish inson bilishi va amaliy faoliyati muvaffaqiyati shartidir.
Dialektik tafakkurning xususiyatlaridan biri shundan iboratki ixcham,
harakatchan, o’zgaruvchan tushunchalardan foydalanish orqali ob’ektiv borliq, narsa
va hodisalar taraqqiyotining qonuniyatlarini inson ongida aks ettiradi. Dialektik
tafakkur narsa va hodisalarning mohiyati, ularning bir-biri bilan aloqadorligi va
rivojlanish qonuniyatlarini falsafiy qonunlar, tushunchalar (kategoriyalar) tizimi
yordamida ochib beradi. Dialektikaning qonun va tushunchalari voqelikdagi narsa va
hodisalarning eng umumiy aloqasini aks ettirib, insonda narsalarning mohiyatiga
chuqur kirib borish ularning taraqqiyot qonunlarini bilish va olamda yuz beradigan
hodisalarni ongli tahlil qilish imkoniyatini yaratadi.
Yangi o’rganilayotgan metodlardan biri sinergetika dialektikaning davomi
hisoblanadi. O’tgan asrning 70 – yillarida fanga kirib kelgan sinergetik tafakkur tarsi
dastavval fizikaviy, ijtimoiy jarayonlardagi o’z-o’zini boshqarish, xaos(tartibsizlik)
kabi holatlarning yo’qolishini, qonuniyatlarini bilishga qaratilgan. Bu ta’limotni ilk bor
belgiyalik fizik olim Nobel mukofotining laureati I.Prigojin , so’ngra nemis fizigi
G.Xaken va boshqa olimlar asoslaganlar. Sinergetika yunoncha so’z bo’lib, “o’zaro
hamkorlik, o’zaro muvofiqlashganlik”ni anglatadi. Sinergetika – o’z-o’zini
boshqarish, nochiziqli hodisalarni o’rganish,o’z-ozidan tashkil bo’lish nazariyasi