Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə301/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   466
TATU Falsafa

341
 
darajada ma’naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir”
1

Urug’
— qonqarindoshlik zamirida birlashgan ijtimoiy — etnik birlikning 
shakli bo’lib hisoblanadi. U ibtidoiy jamoa tuzumining boshlang’ich davrlarida 
vujudga kelgan. 
Qabila 
— ibtidoiy jamoa tuzumining so’ngi davrida qon-qarindosh bo’lgan 
til va hududi jihatidan bir-biriga yaqin urug’larning ijtimoiy-etnik birligidir. 
Elat 
— jamiyat taraqqiyotining keyingi bosqichida til, madaniyat, hududiy 
birlik asosida bir necha qabilalar birligida yuzaga kelgan ijtimoiy-etnik shakli 
hisoblanadi. 
Millat — ijtimoiy-etnik birlikning jamiyat taraqqiyotining yuqori 
bosqichlariga xos bo’lgan shakli hisoblanadi. 
Ijtimoiy-etnik birliklar
bir-biridan o’zining turmushtarzi, tili, tarixi, 
madaniyati, urf-odatlari, iqtisodiy rivojlanish darajasiga ko’ra farq qiladi. 
Har bir millatning qiyofasi, uning katta yoki kichikligidan qat’i nazar eng 
avvalo, o’zining milliy ongi va psixologiyasida ifodalanadi. 
Milliy psixologiya
— har bir millat vakilining milliy his-tuyg’ulari, xatti-
harakatlari, ruhiy kechinmalari, psixik temperamenti va fe’l-atvorlari kabi 
munosabatlarni namoyon etadi. Ma’lumki, milliy tuyg’u — bu tabiiy tuyg’udir. 
Ayni paytda milliy tuyg’u ma’naviy hayotning juda ham nozik elementidir. Milliy 
tuyg’ular esa milliy iftixor, milliy xarakter, ya’ni milliy psixologiyaning 
belgilaridan biri, uning ajralmas qismidir. 
Milliy his-tuyg’u milliy iftixor bilan bog’liqdir. U o’z millatining tarixini, 
hozirgi ahvoli, milliy psixologiyasi va xarakterini ruhiy tushunish, emodional 
shaklda mujassamlashishidir. 
Milliy iftixor
ham milliy o’zligini anglashning ko’rinishidir. Milliy o’z-
o’zini anglashning rivojlanishi bilan milliy iftixor, milliy his-tuyg’ular namoyon 
bo’ladi. 

1
Karimov I.A. O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li.-T.:“O’zbekiston”,1992.-22-23-


betlar. 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin