Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə311/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   466
TATU Falsafa

351
 
taraqqiyoti respublikamizda yashayotgan barcha millatlarning manfaatlariga mos 
bo’lmog’i kerak. 
Millatlararo hamdo’stlik, tinchlik, totuvlik — mustaqillik tufayli qo’lga 
kiritilgan eng katta yutug’imizdir. 
“O’zbekiston aholisining ko’p millatliligi, — deb yozgan edi I.A.Karimov, 
— o’zbek xalqining milliy o’zligini anglashi va ma’naviy qayta tiklanishining 
o’sishi bilan chambarchas bog’liq holda jamiyatni yangilash, uni 
demokratlashtirishga undovchi zo’r kuch bo’lib xizmat qilmoqda. Bu 
respublikaning jahon hamjamiyatiga qo’shilishi uchun qulay shart-sharoit 
yaratmoqda”
1

Xalqlarimiz azaldan orzu qilib kelgan millatlararo do’stlik, hamjihatlik
tinchlik, totuvlikka erishgan ekanmiz, endilikda bizning oldimizda turgan dolzarb 
vazifa — ana shu oliy ijtimoiy-siyosiy qadriyatlarni qo’ldan bermay, avaylab-
asrab, ko’z qorachig’iday ehtiyot qilib, saqlab qolish ustida doimiy harakat 
qilishimiz darkor. Bunga respublikamizda yashovchi har bir inson — yoshidan
millatidan qat’i nazar, o’z hissasini qo’shmog’i kerak.
 
7.6. Jamiyatni harakatlantiruvchi kuchlar
 
Jamiyat taraqqiyoti inson faoliyatining ifodasidir. Kishilar o’rtasida sodir 
bo’ladigan xilma-xil aloqa va munosabatlar, ularning haqiqiy voqelikka, tabiatga 
bo’lgan munosabatlari amaliyotda o’z ifodasini topadi. Amaliyot kishilarning 
shunday faoliyatidirki, bu faoliyat jamiyatning yashashi va rivojlanishini 
ta’minlaydi. 
Inson o’zining amaliy faoliyatida tashqi olamga ta’sir etadi, uni o’z 
ehtiyojlari asosida o’zgartiradi. Inson o’z amaliy faoliyati jarayonida ijtimoiy 
munosabatlarni rivojlantiradi, moddiy boyliklar yaratadi, madaniyatni yuksaltiradi. 

1
Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida:xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va 


taraqqiyot kafolatlari.-T.:“O’zbekiston”,1997.-72,84-betlar. 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin