Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə336/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   466
TATU Falsafa

376
 
«Qadimgi ajdodlarimiz komil inson haqida butun bir axloqiy talablar 
majmuasini, zamonaviy tilda aytsak, sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanlar. 
Kishi qalbida haromdan hazar, nopoklikka, adolatsizlikka nisbatan murosasiz isyon 
bo’lishi kerak», — degan edi I.A.Karimov. 
Insof va adolat tuyg’usi, iymon va halollik, xushmuomalalik va 
xushxulqlilik — bular inson ma’naviy barkamolligining namoyon bo’lish 
shakllaridir. 
Sharqona urf-odat va madaniyatda odamlar xushxulqli, shirinso’z, olijanob 
bo’lishga da’vat etiladi. Odamlar xalqimiz urf-odatlariga qat’iy amal qilib 
xulqlarini tuzatsalar, oilalarida, jamiyatda xushmuomala, mehribon, olijanob 
bo’lsalar juda katta olqishga sazovor bo’ladilar. 
Milliy uyg’onish asosan ma’naviyat sohasida, milliy ong, insonning 
ma’naviy, axloqiy kamolotida yuz beradi. Ma’naviy kamolot faqat o’tmishni to’la 
tushunib olishgina emas, balki kelajakka intilishdan iboratdir. «Taraqqiyot 
taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk odamlar hal qiladi. Texnikaviy bilim, murakkab 
texnologiyani egallash qobiliyati ma’naviy barkamollik bilan, mustaqil tafakkur 
bilan birga borishi kerak. Aqliy zakovot va ruhiy ma’naviy salohiyat — ma’rifatli 
insonning ikki qanotidir»
1

 
7.9. Qadriyat tushunchasining mohiyati va tavsifi 
 
Qadriyatlar — jamiyat taraqqiyoti asosiy omillaridan hisoblanadi. Xo’sh, 
qadriyatlar tushunchasi, uning mohiyati, asosiy jihatlari nimadan iborat? 
Qadriyat 
deyilganda inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo’lgan millat, elat 
va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan va shu 
tufayli ular tomonidan baholanib qadrlanadigan tabiat va jamiyat ne’matlari, 
hodisalari majmuini tushunmog’imiz lozim. 

1
Karimov I.A. O’zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari.-


T.:“O’zbekiston”,1995.-46-bet. 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin