Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə335/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   331   332   333   334   335   336   337   338   ...   466
TATU Falsafa

375
 
Agar xalqlarda yuksak milliy ong bo’lmasa milliy manfaatlarni anglash
himoya qilish qiyinlashadi. Milliy ongi yetarli darajada rivojlanmagan, milliy 
birlik, milliy birdamlik va milliy hamkorlik tuyg’ulari zaif bo’lgan xalqlarda 
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy taraqqiyot juda sustlashib ketadi. 
Milliy madaniyatning birlik va hamkorlikka, millat tarixini xolisona 
anglashga, milliy til va madaniyatni qadrlashga, milliy odob-axloq va boshqa 
ma’naviy xislatlarni saqlashga xizmat qiluvchi tomonlari milliy ongning o’zagini 
tashkil etadi. 
Insonning ma’naviy-axloqiy kamoloti muomala madaniyatida ham 
ko’rinadi. Ma’naviy barkamol inson aql-idrok asosida harakat qiladi. Vataniga
xalqi va millatiga to’la sodiq, sadoqatli bo’lish ham madaniyatlilik, ma’naviy 
barkamollik, axloqiy poklik belgilaridan bo’lib hisoblanadi. 
Birovlardan ko’rgan muruvvati va yaxshiligini unutmaslik ham insonni 
ulug’laydigan fazilatlardan bo’lib hisoblanadi. Yaxshilikka yaxshilik bilan javob 
qaytarish eng katta insoniy burchimizdir. Yaxshilik do’stlik, birodarlikni, qavm-
qarindoshlikni kuchaytiradi, mehr-oqibatni mustahkamlaydi. 
Jismoniy baquvvat, ma’naviy, axloqiy, ilmiy jihatdan yetuk bo’lmasdan 
turib shaxs barkamol bo’la olmaydi. Ma’naviy, jismoniy sog’lom avlodlarni 
tarbiyalash bu boradagi ishlarning asosiy mohiyati va yo’nalishini tashkil etadi. 
Xalqimizda, sog’lom tanda, sog’ aql, - degan dono naql bor, sog’lom tan 
ijtimoiy-shaxsiy kamolot zaminiga aylana oladi. Badan tarbiyaning fikr tarbiyasiga 
ham yordami bordur», - deydi Abdulla Avloniy. «Jism ila ruh ikkisi bir 
choponning o’ng ila terisi kabidir. Agar jism tozalik ila ziynatlanmasa, yomon 
xulqlardan saqlanmasa, choponni ustuni qo’yib, astarini yuvib ovora bo’lmoq 
kabilarni, har vaqt ustidagi kir ichiga uradur». 
Fikr tarbiyasi uchun sog’lom bir vujud kerakdir. Insonning ma’naviy 
kamolatida jismoniy va badan tarbiyasidan tashqari aqliy va go’zallik 
tarbiyasining, shuningdek, axloqiy, vijdoniy, ruhiy, diniy tarbiyaning ham 
ahamiyati shak-shubhasizdir. 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   331   332   333   334   335   336   337   338   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin