382 Ular hamisha bir-birlariga og’a-ini, quda-qudag’ay bo’lganlar, hozir ham
bahamjihat, totuv hayot kechirmoqdalar. Mazkur xalqlarning iqtisodiy, madaniy,
ma’naviy, savdo-sotiq munosabatlari juda qadim zamonlarga borib taqaladi.
Qadimdan bir ma’naviy-ruhiy iqlimda nafas olib kelgan xalqlarimiz
tariximizning, ayniqsa, bugungi ma’suliyatli davrida aql, zakovat va shijoat,
dunyoviy salohiyat va milliy g’urur talab etadigan bir pallada yana ham yaqinroq,
yana ham mehr-oqibatliroq bo’lishlari lozimligini hayotning o’zi taqozo qilmoqda.
Umuminsoniy qadriyatlar milliy va mintaqaviy qadriyatlardan mazmun
jihatidan chuqur va keng bo’lib, umumbashariy ahamiyat kasb etadi.
Umuminsoniy qadriyatlar jahondagi barcha millatlar, elatlar va xalqlarning maqsad
va intilishlariga muvofiq keladi. Shuni ta’kidlash kerakki, jahondagi bironta xalq
va millat o’zidan boshqa xalq va millatlardan, umuman jahon sivilizatsiyasidan
mutlaqo ajralgan alohida madaniyatga ega emas. Millatlar boshqa xalqlarning
madaniy-ma’naviy yutuqlaridan foydalanmay turib rivojlana olmaydilar. Shu
sababli barcha xalqlarning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy rivojlanishi, tarixi
bir-biri bilan chambarchas bo’lib ketgan.
Umuminsoniy qadriyatlar turkumiga insoniyat sivilizatsiyasining taraqqiyoti
bilan bog’liq bo’lgan umumbashariy muammolar kiradi. Ulardan eng asosiylari yer
yuzida ilm-fanni taraqqiy ettirish, tinchlikni saqlash, yadroviy qurollanish
poygasini to’xtatish, xalqaro xavfsizlikni ta’minlash, turli kasalliklarning oldini
olish, tabiatni muhofaza qilish, qashshoqlik va savodsizlikka barham berish, sanoat
xom ashyosi, energiya manbalari va oziq-ovqat bilan ta’minlash, koinotni va jahon
okeani resurslarini o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lgan muammolar kiradi.
Qadriyatlarning jamiyat taraqqiyoti, inson hayotiga ko’rsatadigan ta’siri
nuqtai nazaridan progressiv va reaktsion qadriyatlariga ajratilishini ham esdan
chiqarmaslik kerak. Jamiyatimizning iqtisodiyoti, madaniyati va ma’naviyatining
ilgari qarab rivojlanishiga, milliy axloq, odob, urf-odat negizlarida komil insonni
tarbiyalashga, mustaqil respublikamizni har tomonlama mustahkamlab, jahon
sivilizatsiyasiga qo’shishga astoydil xizmat qiladigan qadriyatlar — bu progressiv