380
ko’pchilik ma’qullagan xatti-harakatga chorlaydi.
Jamiyat taraqqiyoti, inson hayotida ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar alohida o’rin
tutadi. Erkinlik, tenglik, birodarlik insoniyat tomonidan hamisha e’zozlanib,
qadrlanib kelingan.
Insonning erkinligi, uning shon-shuhrati va qadr-qimmati jamiyatimizning
oliy qadriyatidir. O’zbekiston Konstitutsiyasida bu to’g’rida shunday so’zlar
yozilgan: “O’zbekiston Respublikasi demokratiya, umuminsoniy tamoyillarga
asoslanadi, ularga ko’ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va
boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va
erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi”
1
.
Jahon xalqlari tomonidan e’tirof etilgan “Inson huquqlari va erkinliklari
deklaratsiyasi”ga muvofiq, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida har bir
insonning fuqarolik, shaxsiy huquq va erkinliklari, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy
huquqlari kafolatlangan, fuqarolarning burchlari belgilab qo’yilgan.
Ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar ichida istiqlol tufayli qo’lga kiritilgan
barqarorlik, tinchlik, totuvlik alohida ahamiyat kasb etadi.
“Ko’p millatli jamiyatimizda, - degan edi I.Karimov, - ijtimoiy-siyosiy
barqarorlik, fuqarolar o’rtasida tinchlik va millatlararo totuvlik saqlanganligi
mustaqil O’zbekistonning bunyod bo’lishi va rivojlanishining birinchi,
boshlang’ich bosqichida qo’lga kiritilgan eng asosiy yutuq bo’ldi”
2
.
“Barqarorlik, tinchlik, totuvlik — bular davlatchiligimizning yangi binosi
barpo qilinadigan poydevordir. Bu bizning ertangi porloq kunimizga olib
boradigan yo’ldir... Tinchlik va barqarorlik - bular xalqaro hamjamiyat bilan
birlashtiruvchi vositadir...
Insonparvarlik, yaxshilik, sofdillik singari umuminsoniy qadriyatlarni qabul
qilgan va birgalikda baham ko’rgan mamlakatgina, xalqgina butun dunyo
xalqlariga yaqin va tushunarli bo’lishi, jahon hamjamiyatiga qabul qilinishi
1
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.-T.:“O’zbekiston”, 2018.-7-bet.
2
Karimov
I.A.
O’zbekiston
iqtisodiy
islohotlarni
chuqurlashtirish
yo’lida.-
T.:“O’zbekiston”,1995.-167-bet.
|