Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning , mazmuni va mohiyati
Jahon xo'jaligi rivojining zamonaviy bosqichida sayyoramizning barcha qit'alarida integratsion jarayonlarning turli shakllarini ko'rishimiz mumkin. XX asming ikkinchi yarmidan boshlab yetakchi industrial mamlakatlarning tez taraqqiy etishi, shuningdek, xalqaro transedrt va kommunikatsiya vositalarining takomillashuvi natijasida xalqaro tovar va xizmatlarning yuqori sur'atlarda rivojlanishi yuz berdi. Xalqaro savdo bilan bir qatorda ishlab chiqarish omillarining (kapitaL ishchi kuchi va texnologiyalar) xalqaro harakati ham rivojlanib bordi.
Ya'ni, tayyor mahsulot bilan bir qatorda ishlab chiqarish omillari ham mamlakatlararo ko'cha boshladi. Tovar bahosida o'z aksini topgan foyda nafaqat milliy chegara doirasida, balki xorijda ham yaratildi. Bulaming barchasi iqtisodiy integratsiyaning vujudga kelishiga zamin yaratdi.
Iqtisodiy integratsiya - mamlakatlar o'zaro iqtisodiy hamkorligining natijasi bo'lib. u xo'jalik mexanizmlarining yaqinlashuviga olib kdadi va bu yaqinlashuv davlatlararo bitimlar shaklini oladi hamda tegishli davlatlararo organlar tomonidan tartibga solinadi.
Hozirgi kunda integratsion jarayonlar to'g'risida mutaxassislar orasida yagona qarashlar kcfnsepsiyasi mavjud emas. Bir guruh iqtisodchi olimlar integratsiyani jahon mamlakatlari o'rtasida yangi tovarlar oqimini shakllantirish orqali «resurslar cheklanganligi» muammosini bartaraf etish yo'li deb talqip etishsa (bu orqali jahon mamlakatlarida nisbatan serxarajat tovarlar ishlab chiqarishga chek qo·yilib. texnologik ayirboshlashni kengaytirish imkoniyatini beradi, ya'ni, ilmiy-tadqiqot va tajriba konstrutorlik ishlari (ITTKI)ga xarajatlami kamaytirish imkonini beradi), boshqa bir guruh olimlar integratsiyani talab etuvchi dastlabki turtki sifatida noiqtisodiy omillami ilgari suradi (masalan, mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash va boshqalar).
Xalqaro iqtisodiy integratsiya bu - milliy xo'jaliklar (davlatlar) o'rtasida ko'p tomonlama o'zaro barqaror aloqalaming rivojlanishi va mehnat taqsimoti negizida yuzaga kelgan mamlakatlarning iqtisodiy. ijtimoiy-siyosiy va madaniy jihatdan birlashuvi bo'lib, ishlab chiqarish tannoqlarining turli darajada va turli kO'rinishdagi o'zaro aloqadorligini ifoda etadi.
Mikro darajadagi integratsion jarayonlar
Bir-biriga hududiy jihatdan yaqin joylashgan mamlakatlarning xo'jalik yurituvchi subyektlari kapitallarining 0 'zaro ta'sir doirasi orqali amalga oshiriladi. Ya 'ni, ushbu davlatlar o"rtasida integratsion jarayonlar iqtisodiy bitimlar tizimining shakllanishi. kichik shoxobchalar, shu'ba korxonalar tashkil etilishi orqali yuz beradi. Tashkil topgan korxona va firmalar o'rtasidagi o'zaro iqtisodiy aloqalaming tez rivojlanishi tovar almashuvini, xizmat sohalarini, kapital va ishchi kuchining mamlakatlararo erkin harakatini ta'minlashga, ijtimoiyiqtisodiy va ilmiy-texnologik, tashqi iqtisodiy va mudofaa moliyaviy va valyuta sohasida yagona siyosatni o'tkazish zaruriyati tug'iladi.
Yagona valyuta va moliyaviy fondlar, infratuzilmalar va umumiy davlatlararo boshqaruv organlariga ega bo'lgan iqtisodiy majmualar yaratiladi. Makro daraj ada esa integratsiya davlatlaming iqtisodiy birlashmalarini shakllantirish hamda milliy siyosatlami muvofiqlashtirish asosida ro'y beradi. Iqtisodiy integratsiya asosida bir qator obyektiv omillar yotadi, ularning ichida quyidagilar muhim ahamiyat kasb etadi:
xo'jalik hayotining yanada
baynalmilallashuvi;
- xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi;
- umumjahon ahamiyatga ega bo'lgan ilmiy-texnika inqilobi (ITI);
- milliy iqtisodiyotlar ochiqlik darajasining kuchayishi va boshq alar.
Ushbu obyektiv omillaming barchasi jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida bir-birlari bilan chambarchas bog'liq holda o'zaro aloqadorlikda rivojlanib boradi. Baynalmilallashuv omili mamlakatlar o'rtasida barqaror iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi va takror ishlab chiqarishning milliy xo'jalik doirasidan chetga chiqish jarayonini aks ettiradi (eng avvalo, xalqaro mehnat taqsimoti asosida).