Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə395/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   391   392   393   394   395   396   397   398   ...   466
TATU Falsafa

443
 
qabih usullardan foydalanadi. Bunda esa, milliy va diniy nizolarni keltirib 
chiqarish asosiy maqsad hisoblanadi. XX asrning ikkinchi yarmida davlat-huquqiy, 
etno-hududiy va etnodemografik zaminda 300 dan ortiq katta-kichik nizolar qayd 
qilingani ham ushbu fikrning tasdig’i bo’la oladi
1

Bugungi globallashuv davrida millatlararo munosabatlarni oqilona amalga 
oshirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda millatlararo totuvlikni 
ta’minlash orqali tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlab borish g’oyasi davlatimiz 
birinchi rahbarlarining doimiy diqqat markazida bo’lib kelgan. Prezident 
Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 2017-2021 yillarda O’zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar 
strategiyasining so’nggi “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni 
ta’minlash, chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat 
sohasi”da yurtimizda fuqarolarimiz xavfsizligi, milliy va diniy bag’rikenglikni 
mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Zero, “Bag’rikenglik 
tamoyillari deklaratsiyasi”da qayd etilganidek, “Bag’rikenglik bo’lmasa, tinchlik 
bo’lmaydi, tinchliksiz esa taraqqiyot va demokratiya bo’lmaydi”. 
Bag’rikenglikning 
ziddi 
“mutaassiblik”dir. 
Umumiy 
ma’nola 
“mutaassiblik”- bu bir g’oyaning to’g’riligiga qattiq ishonish va undan o’zgalarini 
keskin rad etishni anglatadi. Mazkur fenomenning xavfli jihati shundaki, u borgan 
sari kuchayib ksenofobiya, ekstremizm va hatto terrorizmga aylanadi
2
.
Butun dunyoda ekstremizm va terrorizm xavfi oshib borayotgan bugunni 
kunda mamalak atimiz barqarorligini ta’minlash 130 dan ortiq millat vakillari 
istiqomat qilayotga n O’zbekistonda millatlararo birdamlik va jipslikni ma’rifat va 
ma’naviyat orqali saqlash taraqqiyot kafolati hisoblanadi. 
Shu ma’noda Harakatlar strategiyasi, uning barcha yo’nalishlarida

1
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi 


bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga 
oshirishga oid Davlat dasturini o’rganish bo’yicha ilmiy–uslubiy risola.-T.: “Ma’naviyat”, 2017.-
210-bet. 
2
O’sha joyda.-216-bet. 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   391   392   393   394   395   396   397   398   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin