441 joylar barpo etish, yo’l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy
infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo’yicha maqsadli
dasturlarni amalga oshirish, aholini elektr energiya, gaz bilan ta’minlashni
yaxshilash, aholining muhtoj qatlamlariga ko’rsatiladigan ijtimoiy yordam sifatini
oshirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi maqomini oshirish, sog’liqni
saqlash sohasini isloh qilish, maktabgacha ta’lim muassasalarining qulayligini
ta’minlash, umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus va oliy ta’lim sifatini yaxshilash
hamda ularni rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish chora-
tadbirlarini amalga oshirishni nazarda tutadi.
Xususan, hududlarni har tomonlama rivojlantirish bo’yicha qariyb 25 mingta
investitsiya loyihasini ro’yobga chiqarish hisobiga 256,4 ming ish o’rni tashkil
etish orqali aholini ish bilan ta’minlash dasturlarini to’liq ijro etish nazarda
tutilgan. Ishsizlik darajasi eng yuqori bo’lgan mintaqalarda 46,8 ming yangi ish
o’rni tashkil etish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun ta’lim muassasalarining
bitiruvchilariga kreditlar ajratish rejalashtirilmoqda.
5. Davlatning mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mintaqamizda
xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo’shnichilik muhitini vujudga keltirish, jahon
hamjamiyatida mamlakatimizning ijobiy xalqaro nufuzini mustahkamlash yo’lida
xavfsizlik, diniy bag’rikenglik va millatlararo totuvlikni yanada kuchaytirish
hamda chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatni yuritish
asosiy maqsad hisoblanadi.
“Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash, chuqur
o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish” deb
nomlangan beshinchi yo’nalish doirasida respublikaning konstitutsiyaviy tuzumini,
suverenitetini, hududiy yaxlitligini himoya qilishga doir chora-tadbirlarni ro’yobga
chiqarish, kiberxavfsizlik sohasida axborot, normativ-huquqiy asoslar tizimini
takomillashtirish, aholini favqulodda vaziyatlardan xabardor qilish tizimini tashkil
etish va rivojlantirish, Orol fojiasining oqibatlarini yumshatish, shuningdek
Millatlararo
munosabatlar
sohasidagi
siyosatning
ustuvor
yo’nalishlari