437 sohada belgilangan eng muhim ustuvor vazifalarning ijrosi yuzasidan tadrijiy,
bosqichma-bosqich rivojlanish yo’lidagi dasturlardan biri vazifasini bajarib,
mamlakat
barqarorligini
ta’minlashga, demokratlashtirish jarayonlarining
chuqurlashuviga xizmat qildi.
Biroq,
ijtimoiy makonda jarayonlarning shiddat bilan o’zgarib borishi
taraqqiyotimiz har bir bosqichiga xos vazifalarni aniq belgilab, amalga oshirish
zaruriyatini nazarda tutmoqda. Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o’tgan taraqqiyot
yo’lining chuqur tahlili bugungi kunda jahon bozorida kon’yunktura o’zgarib,
raqobat tobora kuchayib borayotganini har tomonlama hisobga olishni, shu asosda
davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo
yangicha strategik yondashuv va tamoyillarni ishlab chiqish va amalga oshirishni
taqozo etdi.
Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyat
rivojini yangi bosqichga ko’tarish, hayotning barcha sohalarini liberallashtirish,
jamiyatimizni modernizatsiyalash bo’yicha eng muhim ustuvor yo’nalishlarni
amalga oshirish,
mamlakat taraqqiyotini jadallashtirish maqsadida 2017-2021
yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi
bo’yicha Harakatlar strategiyasi
1
(2017 yil 7 fevral, PF-4947-son) quyidagi besh
soha doirasida islohotlarni kengaytirishni nazarda tutadi:
1.Demokratik
islohotlarni
chuqurlashtirish
va
mamlakatimizni
modernizatsiya qilishda parlamentning rolini yanada kuchaytirish, davlat
boshqaruvi va davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish,
davlatning iqtisodiyotni tartibga solish borasidagi funktsiyalarini qisqartirish,
“yagona oyna” tamoyili bo’yicha davlat xizmatlarini ko’rsatish tizimini keng joriy
etish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish va fuqarolik
jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish yo’lida
1
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi
bo’yicha Harakatlar strategiyasi
to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni //
«Xalq so’zi» 2017 yil 9 fevral 29 (6723)-soni.