434
madaniyatlar, boy tillar bilan raqobatlasha olmay, o’z-o’zidan faol ijtimoiy-
iqtisodiy, lisoniy-zaboniy hayotdan chntga chiqib qolmoqda. Bunday sharoitda har
bir ongli fuqaroning vazifasi – o’z millatining raqobatbardoshligini ko’tarish,
buning uchun uning faol siyosati, tadbirkor iqtisodiyoti, madaniyatida salmoqli
yutuqlari uchun kurashishdir. Buning uchun mustaqil O’zbekistonning har bir
fuqarosi 4 ta sifatga ega bo’lishi kerak: 1) zamonaviy mutaxassis bo’lishi; 2)
o’zbek davlat tili, rus tili, ingliz tillarini mukammal bilishi; 3) doim o’z bilim
doirasini yangilab borishi va 4) tadbirkor-tashabbuskor bo’lishi kerak
1
.
Globallashuv jarayoni murakkab hodisa. Uning turli mamlakatlar iqtisodi,
siyosati va ma’naviyatiga o’tkazayotgan ta’siri murakkabligi sababli unga nisbatan
ham jahonda bir-biriga qarshi, muxolifatda bo’lgan ikki guruh: 1) globalistlar va 2)
aksilglobalistlar guruhlari vujudga keldi.
1. Globalistlar - globallashuv tarafdorlaridir. Ular orasida davlat arboblari,
siyosatdonlar, sanoatchi va biznesmenlar ko’proq uchraydi.
XX asr o’rtalarida globallashuvning instituttsionlashuvi (tashkillashuvi)
kuchaygandan keyin bu jarayon tezlashdi. Masalan, Butunjahon savdo tashkiloti,
Xalqaro valyuta jamg’armasi, Jahon banki, Yevropa taraqqiyoti va tiklanish banki
tashkilotlari globalistlar ta’sirida vujudga keldi.
Zamonaviy axborot texnologiyalari, jahon xalqlarining iqtisodiy-ijtimoiy,
madaniy-ma’rifiy taraqqiyotiga hamda sayyoramiz taqdiri uchun ma’suliyatni
anglagan umumjamoaga aylanishiga xizmat qilayotgan bo’lsa, ikkinchi tomondan,
dunyoning parchalanishi va va jahon maydonida o’zaro keskinlikning
kuchayishiga sabab bo’lmoqda. AQShdagi Florida universiteti professori Gamrri
Dams “Kapitalizm transformatsiyasi” asarida globallashuv jarayonining ijobiy va
salbiy jihatlari haqida to’xtalib,shunday deydi: “Bu jarayonning afzalliklari haqida
so’z ketganda, birinchidan,dunyo, miqyosida sifatli mahsulot hajmining ortib
borayotgani, unga nisbatan talab-ehtiyojning kengayishi; ikkinchidan, avto va
1
Mustaqillik: Izohli ilmiy-ommabop lug’at. (Abdullaev M.va boshqalar).–T.: “Sharq”, 2006.–
528-bet.
|