433
asrning boshida ushbu muammo jahonning qator yetakchi olimlari R.Robertson,
J.Nesbit, E.Toffler, J.Gelbrayt, L.Turou, M.Kastels, E.Giddens va boshqalar
1
diqqat markazida bo’lib keldi.
Globallashuv jarayonining eng umumiy jihatlari sifatida quyidagilarni
kiritish mumkin: 1. XX asr ikkinchi yarmiga xos asosiy texnologiya - yadro
qurolini ishlab chiqarish bo’lgan bo’lsa, global davr texnologiyalari sifatida
kosmik yo’ldosh, komyuter, uyali telefon, internet kabi aloqa vositalari maydonga
keldi.
2.Insoniyatning globallashuv davriga qadam qo’ygani liberal-demokratik
qadriyatlar g’alabasini anglatadi. Ammo ushbu qadriyatlar jahonning ko’pgina
mamlakatlarida haqiqiy demokratik g’oya hamda tamoyillardan farqli shakl-
shamoyil va mohiyat kasb etib bormoqda.
3.Globallashuv jarayonining oldingi saflarida borayotgan mamlakatlar bilan
rivojlanayotgan
davlatlarning
ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotida o’rtasidagi
tafovutning
kuchayib
ketayotgani
ko’zga
tashlanmoqda.
T.Fabrning
ma’lumotlariga ko’ra, XX asrning oxirida 20% eng boy davlatlarning ulushiga
jahon miqyosida ishlab chiqilayotgan yalpi ichki mahsulotning 86, eksportning 82,
investitsiyalarning 68 foizi to’g’ri kelgan bo’lsa, 20% eng qashshoq mamlakatlarda
har uch ko’rsatkich bir foizdan oshmagan. Olimlarning fikricha, bu hol birinch
navbatda mazkur mamlakatlar o’rtasida turmush darajasi va mehnatga haq
to’lashda juda katta tafovut mavjudligi bilan izohlanadi.
Globallashuvning ijobiy tomoni shundan iboratki, u xalqlarning,
davlatlarning, milliy madaniyat va iqtisodiyotlarning yaqinlashishini tezlashtiradi,
ularning rivojlanish uchun yangi imkoniyatlar ochadi.
Globallashuvning salbiy tomoni shundan iboratki, ko’p ming-ming mayda,
qoloq etnik guruhlar va millatlarning madaniyati, tili, rasm-rusmlari jahon bo’ylab
kuchayib borayotgan globallashuv jarayonlarida kata millatlar, yirik milliy
1
R.Roberttson.Globalization.-L.1992;J.Naisbit.Global Paradox.-N.Y.,1995;.H.Toffler.Greating a
New Civilization.-Antanta, 1995; J.Galbraith. Good Society. Human Agenda. Boston.-
N.Y.,1995; E. Giddens, W.Hulton.On the Edge.-L.,2000, ets.
|