431
IX-BOB: GLOBALLASHUV VA GLOBAL MUAMMOLARNING
FALSAFIY JIHATLARI
9.1. Globallashuv va globalistika.
XX asrning oxiri XXI asrning boshida jahon taraqqiyotida shakllangan yangi
umumsayyoraviy tartib, davlatlar va kishilar o’rtasidagi o’zaro aloqalarning
kengayishi va murakkablashishi,
dunyo miqyosida axborot makoni, kapital, tovar
hamda ishchi kuchi bozorida tamoman yangicha vaziyatning vujudga kelishi, atrof-
muhitga texnogen ta’sirning kuchayishi, ommaviy madaniyat namunalarining keng
tarqalishi, informatsion-mafkuraviy va diniy-ekstremistik
hurujlar xavfining ortib
borishi, xullas jamiyat hayotining barcha sohalari – iqtisodiyot, siyosat, mafkura,
madaniyat, hatto shaxsiy turmush tarzini qamrab olgan globallashuv jarayoni bilan
bog’lanmoqda. Mazkur jarayon gobal kommunikatsiya tarmog’ining
vujudga
kelishiga imkon yaratgan informatsion inqilob, kapitalning internatsionallashuvi,
jahon bozorida raqobatning kuchayishi, tabiiy zahiralar taqchilligi va ularga egalik
qilish
uchun kurashning keskinlashuvi, ommaviy qirg’in qurollarining tarqalishi,
umumsayyoraviy falokat xavfi kabilarda globallashuv
jarayonining ziddiyatli
hamda murakkab mohiyati namoyon bo’ladi.
Globallashuv (globalizatsiya) – lotincha «glob» so’zidan olingan bo’lib,
aynan uni «dumaloqlashuv», «kurralashuv» deb tarjima qilish mumkin. yer
sharining, yer kurrasining fan-texnika yutuqlari tufayli insoniyat ixtiyoridagi huddi
bir butun sharga, kurraga aylanishini tushuntirish uchun ishlatiladi.
Globallashuv
atamasi dastlab amerikalik olim T.Levittning 1983 yilda “Garvard biznes revyu”
jurnalida chop etilgan maqolasida tilga olingan. Muallif yirik transmilliy
korporatsiyalar ishlab chiqaradigan turli-tuman mahsulot
bozorlarining birlashuv
Dostları ilə paylaş: