438 davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish ko’zda tutilgan. Birinchi yo’nalishni
amalga oshirishda davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini kuchaytirish,
qonun ijodkorligi faoliyatining sifatini tubdan yaxshilash, davlatning hayotida
siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish, davlat boshqaruvini takomillashtirish,
eng avvalo davlat xizmatini isloh qilish, iqtisodiyotda davlat boshqaruvini
kamaytirish, davlat va xususiy sektorlarning o’zaro foydali hamkorligining
zamonaviy shakllarini, «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish bo’yicha chora-
tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Xalq bilan samarali muloqotni ta’minlash Davlat dasturining eng muhim va
dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu munosabat bilan jamoatchilik nazoratini
takomillashtirish, nodavlat notijorat tashkilotlarini, ommaviy axborot vositalarini
yanada rivojlantirish, shuningdek mahallaning jamiyat hayotidagi rolini
kuchaytirish nazarda tutilib, bu borada keng ko’lamdagi ishlar amalga
oshirilmoqda
1
.
2
.
Davlat dasturining ikkinchi yo’nalishi qonun ustuvorligini va sudning
chinakam mustaqilligini ta’minlash chora-tadbirlarini nazarda tutadi. Sud
hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini
ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash, yurtdoshlarimiz tomonidan odil
sudlovga erishish darajasini oshirish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va
huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish, sud jarayonida
tortishuv tamoyilini to’laqonli joriy etish, yuridik yordam va xizmatlar sifatini
tubdan yaxshilash uchun qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini
yanada isloh qilishga e’tiborni yanada kuchaytirish maqsadi ko’zlangan.
Jumladan, qarorlar qabul qilishda sudlar mustaqilligini ta’minlashi kerak
bo’lgan Oliy sud kengashini tuzish, professional sudyalar korpusini shakllantirish,
sudyalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir chora-
1
Bu haqda qarang:
G’affarova G.G’. Harakatlar strategiyasi muloqotning yangi mexanizmi
sifatida // Rivojlanishning «o’zbek modeli» tizimida fan, ta’lim va ishlab chiqarish
integratsiyasining imkoniyat va istiqbollari.-Respublika ilmiy-nazariy konferensiya materiallari.-
Toshkent, 2017.-B.102-105.