449 etadi. Fan-texnika rivojlanishi bilan bir qatorda hozirgi ko’p joylarda yurak va
qontomir kasalliklari, saraton, OITS, narkomaniya va shu kabi kasalliklar avj olib
ketayapti. Bu o’z navbatida insoniyatning kuch-quvvatlarini to’plab, fan
yutuqlaridan foydalanib, yuqorida ko’rsatilgan kasalliklarni yo’q qilish yo’llarini
aniqlab olishni talab qilmokda. Bu borada Birlashgan Millatlar Tashkiloti,
jumladan, Butunjahon Sog’liqni saqlash Tashkiloti (VOZ)ning faoliyatini yanada
jonlantirish katta ahamiyatga egadir.
Xalqaro terrorizm, korruptsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish, nashavandlik,
alkogolizm, xatarli kasalliklarning (OITS, saraton va hokazolar) oldini olish, ularni
tarqalib ketishiga yo’l qo’ymaslik, shuningdek, maorif va ijtimoiy ta’minot,
madaniy meros va umuminsoniy qadriyatlardan oqilona foydalanish kabi
muammolar ham jahon mamlakatlarining oldida turgan umumbashariy
muammolardir.
Dunyodagi barcha mamlakatlarga taalluqli bo’lgan umumbashariy
muammolardan yana biri — insoniyatning energiyaga nisbatan to’xtovsiz o’sib
borayotgan ehtiyojlarini qondirish yo’llarini izlab topishdan iboratdir. Energiya
xom ashyosi masalasi shuning uchun ham jahon ahamiyatiga ega bo’lgan
muammolardir, inson usiz hayot kechira olmaydi. Energiya insoniyat uchun o’ta
zarur hisoblangan materiallarni, tabiat yaratmagan moddiy buyumlarni ishlab
chiqarish va yaratish imkoniyatini beradi. Demak, energiyasiz inson taraqqiyotini
tasavvur qilib bo’lmaydi. Tabiat energiyaga boy. Fan yutuqlariga suyangan holda
shuni aytish mumkinki, tabiiy energiya manbalari — ko’mir, neft, yonuvchi
slanets, gaz va boshqa tabiat boyliklari yer bag’rida har qancha ko’p bo’lgani bilan
bitmas-tugunmas manba emas. Shuning uchun respublikamizda ham ulardan
oqilona tejab-tergab foydalanish lozim. Tabiat va uning boyliklarini ko’z
qorachig’iday saqlash umuminsoniyatning eng muqaddas burchidir.
Umuminsoniyat oldida turgan yana bir muhim muammo bu irqchilik,
millatchilik, fashistik totalitar tuzumlar xavfi avj olib ketishiga yo’l qo’ymasliqdir,
insonning huquq va erkinliklarini ta’minlash, demokratiya, oshkoralikni