24 namoyondalari Mariten, Jelson (Frantsiya), Vetter (Avstraliya), de Remekr (Belgiya)
va boshqalar diniy e’tiqod va fan haqiqatga erishishning ikki manbai, shuning uchun
ular bir-birini istisno etmaydi, aksincha to’ldiradi degan g’oyani ilgari surib
kelmoqdalar. Ularning fikricha, diniy e’tiqod va bilim o’rtasida to’la uyg’unlik
mavjud.
Neotomistlar bilim bo’lmagan joydagina e’tiqod kerak deb tan oladi, ularni ko’r-
ko’rona irratsional e’tiqod qoniqtirmaydi.
Din va diniy dunyoqarash xususida so’z borganda shuni aytish kerakki,
o’tmishda biz dinga bir tomonlama yondashib, uning inson manfaati sohasida,
kishilarning axloqiy munosabatlarini takomillashtirishdagi ijodiy rolini to’g’ri
tushunmay keldik. Dinga qarshi kurashish niqobi ostida xalqimiz asrlar mobaynida
amal qilib kelgan marosim va urf-odatlar ta’qiklandi, qanchadan-qancha masjid va
madrasalar asossiz ravishda buzib tashlandi. Necha minglab jildlarni tashkil etadigan
nodir kitoblar shaxsga sig’inish va qatag’on avj olgan yillarda kuydirib tashlandi.
Hozirgi paytda o’tmishda ro’y bergan haddan oshishlar tuzatilmoqda, ijtimoiy
adolat tiklanmoqda. O’zbekiston fuqarolarining vijdon erkinligini kafolatlash va amalda
ro’yobga chiqarish maqsadida mamlakatimizda diniy maskanlar ochilib, ularda diniy
bilimlarni o’zlashtirish imkoniyati yaratildi. Yopib qo’yilgan masjidlar ochildi, ko’plab
yangi masjidlar qurilmoqda, diniy adabiyotlarni nashr etish ijobiy hal etildi.
Ma’lumki, mamlakatimizda o’n oltita diniy konfessiya erkin faoliyat
ko’rsatmoqda. Diniy arboblar odamlarni tinchlikni saqlashga, urushning oldini olishga
insoniyat va uning tili, qadimiy tarixi va madaniyatini, madaniy merosi va ijobiy
urf-odat va an’analarini avaylab-asrashga va qadrlashga, ekologik va demografik
muammolarni ijobiy hal etishga da’vat etmoqdalar.
Yoshlarda sharqona axloq-odob madaniyatini tarbiyalashda islom dini alohida
o’rin tutadi. «Biz, - deydi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev Sh.M., -
butun jahon jamoatchiligiga islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini
yetkazishni eng muhim vazifa, deb hisoblaymiz. Biz muqaddas dinimizni azaliy
qadriyatlarimiz mujassamining
ifodasi
sifatida
behad
qadrlaymiz.
Biz