303 Mavzuga doir tushuntiruvchi matnlar 6.1. Falsafa uslublarining umumiy mazmuni 6.1.Falsafa uslublari Dialektika – unda voqea-hodisalar harakatchan, tanqidiy, ichki qarama-qarshilik, o’zgarishlar, rivojlanish, sabab va oqibat, qarama-qarshilikning birligi va kurashini hisobga olgan holda o’zgaruvchi falsafiy uslubdir. Falsafaning asosiy uslublari Metafizika – dialektikaga qarama-qarshi bo’lgan metod, unda ob’ektlar o’z holicha (bir- biriga bog’liq bo’lmagan holda), statik (doimiy) o’zgarish, rivojlanish, harakatlarni hisobga olmasdan, qarama-qarshiliklarga e’tibor bermasdan o’rganuvchi uslubdir. Dogmatizm- bizni o’rab turgan dunyoni dogma (qotib qolgan) prizmasidan – o’zgarishsiz qabul qilingan dunyoqarash, isbotsiz, yuqoridan berilgan va absolyut xarakterga ega. Bu uslub o’rta asrlarda teologik falsafaga xos. Eklektika – tarqoq bo’lgan, yakka ijodiy boshlanishga ega bo’lmagan, faqat tushuncha, kontseptsiyalar natijasida yuzaki, lekin tashqaridan to’g’riga o’xshab ko’rinadigan xulosalarga tayanishdir. Ko’pincha, eklektika qaysidir fikrlarni, g’oyalarni omma ongi uchun yoqadigan, lekin na ontologik, na gnoseologik qimmatga ega bo’lmagan uslub (o’rta asrlarda dinda, hozirgi paytda