Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə284/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   466
TATU Falsafa

324
 
sivilizatsiya inson faoliyatining eng muhim to’rt turi: a) diniy; b) madaniy; v) 
siyosiy; g) iqtisodiy-siyosiy tiplarda namoyon bo’ladi. Xuddi tirik organizmlarda 
bo’lgani singari jamiyatning madaniy-tarixiy tiplari o’zaro bir-biri va tashqi muhit 
bilan kurashadi va har bir tip to’rt bosqichni o’z boshidan kechiradi: tug’ilish, 
kuchga to’lish, keksayish va halokat (degradatsiya). Olim madaniy-tarixiy 
taraqqiyot qonunlari haqida fikr yuritadi. 
Nemis olimi Osvald Shpengler (1890-1936 yy.) umuminsoniy madaniyat 
yo’q, alohida, boshqalardan farq qiladigan madaniyat bor, deb hisoblaydi. U 
insoniyat tarixida 8 madaniyat turi: Misr, Xind, Bobil, Xitoy, Yunon-Rim, Arab, 
G’arbiy Yevropa va Mayya madaniyatlarini ko’rsatgan. Har bir madaniy organizm 
muayyan bir davr mobaynida mavjud bo’ladi (taxminan ming yil), so’ng 
sivilizatsiyaga aylanadi va xalok bo’ladi. Madaniyatning har bir turi o’zining 
chuqur mazmuniga ega va insoniyat tarixida muhim o’rin tutadi. Madaniyatlar 
taqdiri, tili va qalbini anglay bilish tarixni anglashdir, deb hisoblaydi olim. 
Ingliz olimi Arnold Toynbi (1889-1975 yy.) ijtimoiy taraqqiyotga 
sivilizatsiyali yondoshuv vakillaridan biridir. Tarix, deb fikr yuritadi olim, alohida 
o’ziga xos sivilizatsiyalar tarixidan iborat. Toynbi sivilizatsiyani dinamik 
xarakterga ega, deb biladi. Har bir sivilizatsiya shakllanish, taraqqiyot, tanazzul
yemirilish tarixiy bosqichlarini o’z boshidan kechiradi va o’z o’rnini yangi 
sivilizatsiyaga bo’shatib beradi. Arnold Toynbi ijtimoiy taraqqiyotning 
sabablaridan biri deb ma’naviy yuksalishni ko’rsatadi. Olim sivilizatsiyalar orasida 
O’rta Osiyo sivilizatsiyasiga alohida o’rin ajratgan. U o’zining «Tarixni bilish» 
asarida sivilizatsiyaning 13 tipini ajratib ko’rsatgan. Ijtimoiy taraqqiyot, tarixning 
mohiyati muammosi XIX asr oxiri va XX asrda nemis faylasufi Karl Yaspers, 
amerikalik olimlar Olvin Toffler va Frensis Fukuyama qarashlarida o’z ifodasini 
topgan. Nemis faylasufi Karl Yaspers (1883-1969 yy.) 1949 yilda nashr etilgan 
«Tarixning ma’nosi va vazifasi» asarida jamiyatning ob’ektiv qonunlari 
mavjudligini inkor etadi. U ijtimoiy taraqqiyot haqida «Jahoniy vaqt o’qi» 
g’oyasini ilgari suradi va jahon taraqqiyotining bir-biridan farqlanadigan to’rt 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin