327 chiqaruvchi kuch sifatida inson yangi mashina va mexanizmlarni ixtiro qiladi,
ishlab chiqarishni oqilona tashkil etadi, ilmiy kashfiyotlar qiladi, fan va texnikani,
adabiyot, san’at va madaniyatni rivojlantiradi, yangi texnologiyani yaratadi. Inson
o’zining bilimi, tajribasi, malakasiga tayanib ishlab chiqarishni amalga oshiradi.
Inson faqat ishlab chiqaruvchi kuchdan iborat emas. Shu bilan birga u ishlab
chiqarish va boshqa ijtimoiy munosabatlarning sub’ekti hamdir.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar va ularning asosiy qismlari xususida, hozirgi
sharoitda fan va texnikaning o’sib borayotgan roli va ahamiyati haqida fikr
yuritmasdan bo’lmaydi. Inson ishlab chiqarish qurollarini takomillashtira borib,
o’zining ishlab chiqarish malakasini ham o’zgartiradi.
Ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, siyosiy taraqqiyotning hozirgi tarixiy
bosqichida, fan va texnikaning zamonaviy yutuqlaridan ijtimoiy ishlab chiqarishda,
inson amaliy faoliyatining barcha sohalarida muntazam ravishda foydalanmasdan
turib olg’a rivojlanib bo’lmaydi. Moddiy ishlab chiqarishning rivojlanishi, mehnat
unumdorligining o’sib borishi ham shunga bevosita bog’liq. Fan ishlab
chiqarishga, xalqlarning turmush darajasi, madaniyati, axloqi, dunyoqarashiga o’z
ta’sirini ko’rsatmokda. Hozirgi paytda ishlab chiqarishni zamonaviy qurollar bilan
ta’minlashda, jamiyat taraqqiyotida fanning tutgan o’rni va ahamiyati beqiyos
darajada kuchaydi.
Fan va texnika taraqqiyoti ishlab chiqarish yangidan-yangi tarmoqlarining
yuzaga kelishi va turmushda qo’llanishiga zamin yaratadi. Radiotexnika,
radioelektronika, elektron texnikasi, sintetik kimyo. Yadro energetikasi, sun’iy
to’qimalar kimyosi, elektron hisoblash mashinasi — bular va boshqa shu kabilar
fan va texnikaning yangi zamonaviy tarmoqlaridir. Insoniyatning atom
energiyasini egallash, koinotni o’zlashtirish, avtomatlashtirish, kibernetika,
matematika, fizika, biologiya fanlari yutuqlaridan foydalanish borasida erishgan
natijalari xayron qolarlik darajada son-sanoqsizdir. Demak, hozirgi sharoitda ishlab
chiqaruvchi kuchlar, ayniqsa sanoat va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi jahon
miqyosida tezkorlik bilan rivojlanayotgan ekan, bu albatta, fan va madaniyatning