329
mahsullarini, jamiyat tomonidan to’plangan madaniy boyliklarida ifodalangan
yutuqlarni, ijtimoiy ong shakllarini, kishilarning g’oyalarini, qarashlari,
tasavvurlari, dunyoqarashi, odob-axloqi, butun ma’naviy olamni qamrab oladi.
Jamiyat ma’naviy hayoti, boshqacha aytganda, umuman ma’naviy ishlab
chiqarishni o’z ichiga oladi.
Maorif, ilm-fan, adabiyot, san’at, kino va teatr, xalq ijodiyotining jamiki
durdonalari inson ma’naviy faoliyatining muhim elementlari, ko’rinishlari, tarkibiy
qismlaridir. Kutubxona va muzeylar, radio va televidenie, matbuot, umuman
ommaviy axborot vositalari haqida ham shu fikrni aytish mumkin.
Jamiyat taraqqiyoti iqtisodiyot bilan ma’naviyatning bir-biri bilan
bog’langan, biri ikkinchisisiz voqe bo’lmaydigan murakkab jarayondir. Iqtisodiyot
va ma’naviyat har qanday jamiyat hayoti va taraqqiyotining o’zaro ajralmas ikki
sohasi, muhim tomonlaridir. Ular biri-birini inkor etmaydi, balki bir-birini
quvvatlab, o’zaro ta’sirlanib rivojlanib va takomillashib boradi. “Agar iqtisodiy
o’sish, taraqqiyot — jamiyatimizning tanasi bo’lsa, ma’naviyat-ma’rifat va siyosiy
ong yetukligi uning ruhi, aqli jonidir”
1
.
Jahon tarixiy tajribasining ko’rsatishicha, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy
taraqqiyotning tanho bir o’zigagina asoslangan jamiyat va davlatning tag zamini
mo’rt bo’ladi. Ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy taraqqiyot madaniy-ma’naviy, ruhiy,
ma’rifiy kamolot, o’sish-o’zgarish va rivojlanish bilan chambarchas
bog’langandagina jamiyat, davlat, xalq va millat taraqqiyoti behad tezlashadi va
yuksak samaralar beradi. Ijtimoiy hayotda tub tarixiy o’zgarishlar ana shunday
sharoitlarda sodir bo’ladi. Jahondagi barcha ilg’or mamlakatlar shu boisdan ham
tarixiy taraqqiyotning burilish davrlarida jamiyat ma’naviy hayoti rivojlanishi
masalalariga katta e’tibor berganlar, madaniy saviyasi darajasini, ma’naviyati va
madaniyatini ko’tarish zarur deb hisoblaganlar.
I.A.Karimov, jamiyat hayotining barcha jabhalari, birinchi galda iqtisodiyot
ham ma’naviyat-ma’rifat bilan uzviy aloqadorligini ta’kidlab shunday degan
1
Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin.2-Jild.-T.:“O’zbekiston”.-261-bet.
|