330
edi:“Bugun biz o’tkazayotgan islohotlarda ma’naviyat sohasidagi vazifalar mening
uchun asosiy masala bo’lib kelmoqda. Nimaga deganda, bozor iqtisodiyotini
ko’rish mumkin. Yangi hayotni ham albatta barpo etamiz. Xalqimizning hayot
darajasini ham ko’tarib olamiz. Ishsizlik bartaraf etiladi, odamlarning daromadlari
yaxshilanadi. Lekin odam nafaqat iqtisodiy jihatdan, balki mening nazarimda,
avvalo ma’naviy jihatdan baquvvat bo’lishi shart. Yana bir takror aytaman: ildizi
baquvvat, yangi ruhan bardam, ongi tiyrak, ma’naviy nuqtai nazardan yuksak
kishilar bilan oldimizda turgan barcha muammolarni hal etish oson kechadi”
1
.
Iqtisodiy va siyosiy omillar singari ma’naviyat va ma’rifat ham jamiyat
taraqqiyotini tezlashtirish va jadallashtirishning eng muhim sharoitlaridan biri
bo’lib hisoblanadi. Dunyodagi har bir millat va xalqning katta-kichikligidan qat’i
nazar, ma’naviy boyliklarga ehtiyoj sezgan va sezayotganligi tarixiy haqiqatdir.
Ma’naviy hayot yuksak bo’lmagan joyda moddiy ne’matlarni ishlab
chiqarish va iste’mol qilish madaniyati yuqori darajada bo’lmaydi. Dunyoga kelish
va yashashdan maqsad qorin to’ydirib boylik orttirish deb hisoblagan odam to’q,
farovon, madaniy turmush kechirish me’yorlarini ham bilmaydi. Ma’naviyati yetuk
insonlar kelajakni oldindan ko’rishga, qiyinchiliklarni yengishga, og’ir sharoitda
ham yuksak maqsadlarni oldiga qo’yib, ularga ishonch-ixlos, iymon-e’tiqod bilan
intilishga qodir bo’ladi.
Madaniyat, ma’naviyat, ma’rifat odamlarni jamiyat talablari, qonun-
qoidalar, odob-axloq me’yorlari asosida yashash va faoliyat ko’rsatishga,
insonparvarlik, halollik, ijtimoiy adolatlilik, umuminsoniylik g’oyalari va
tamoyillariga astoydil sodiq bo’lishga yo’naltiradi.
Odamlarning madaniy-ma’naviy saviyasi basharti past bo’lsa, uning salbiy
oqibatlari iqtisodiyotda ham, ijtimoiy sohalarda ham, oilada ham, jamoatda ham
kishilarning o’zaro munosabatlari, odob-axloqi, turmush tarzlari va yurish-
turishlarida ham albatta seziladi. Iymon-e’tiqod sustlashgan, ma’naviy omillar
zaiflasha boshlagan joyda odamlardan mehr-oqibat ko’tarila boshlaydi, haqiqiy
1
Karimov I.A. Bunyodkorlik yo’lidan. 4-Jild.-T.:“O’zbekiston”, 1996.-121-bet.
|