400 inson mehnati faoliyatining natijasi demakdir.
Ongning shakllanishi va rivojlanishida mehnat hal qiluvchi omildir. Inson
o’zining mehnati tufayligina tabiatdan ajralib chiqdi. Inson o’zining mehnati
natijasida ijtimoiy hayotni tubdan qayta qurishga qodir bo’lgan yagona kuchdir.
SHuning uchun ham, mehnat odamning bebaho boyligi, uning yashashi va
hayotning asosiy zamini hisoblanadi. Insoniyat kundalik ehtiyoji uchun zarur
bo’lgan narsalarni topish jarayonida tabiat predmetlariga duch kelib ularning
xossalarini bila borgan, ularni bir-biri bilan taqqoslab ajrata boshlagan.
Ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan mehnat qurollarini tayyorlash va
takomillashtirish jarayoni ongning rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatganligi
shubhasizdir. Mehnat qurollarining avloddan - avlodga o’tib kelishi, o’z navbatida
oldingi avlodning ishlab chiqarish tajribasini, bilimi va ongini keyingi avlodlarga
ham olib o’tgan. Keyingi avlod esa o’z ajdodlarining mehnat qurollarini tayyorlash va
ulardan foydalanish usullarini bilib olib, ularni yanada takomillashtirgan. Ong ana
shu tariqa mehnat bilan tafakkurning birligi asosida inson ongi rivojlanib,
takomillashib borgan.
«Insonning eng asosiy vazifasi va o’rni, - deb yozgan edi Beruniy, - mehnat
bilan belgilanadi, inson o’z xohishiga mehnat tufayli erishadi».
Mehnat inson ongini shakllantirgan va kamolga yetkazgan asosiy omil bo’lib
hisoblanadi. Kishilarning mehnat faoliyati tafakkur organi bo’lgan miyaning
rivojlanishiga ham hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi.
Unga gnoseologik jihatdan yondashish — ong voqelikdagi narsa va
hodisalarning in’ikosi, deb qarashdir. Ongning muhim belgilaridan biri shuki, u
tushunib yetilgan bilimdir. Inson miya yorlamida fikr qiladi. Ongning ma’nosi
narsalarni bilish, o’zlashtirish, uning mohiyatini ochib borishdan iborat. Ong faqat
ob’ektiv olam in’ikosigina emas, balki insonning ichki ruhiy holatlari, kechinmalari,
hissiyotlarining ham in’ikosidir.
Inson tabiatning yuksak mahsuli, hayot gulidir. Insonning buyukligi unda
bebaho marvarid — aql zakovot mavjud. Aql - idrok sohibi bo’lganligi uchun u tabiat