402 oftob nurlari qaysi tomondan ko’proq tushsa, barglar asosan o’sha tomonga qarab
o’sadi.
Hayvonot dunyosida ta’sirlanuvchanlik xossasi taraqqiyotining muayyan
bosqichida sezgilarning kelib chiqishiga olib keldi. Dastlabki eng oddiy sezgilarning
maydonga kelishi tirik tabiat taraqqiyotidagi yangi davr bo’ladi.
Aks ettirishning muayyan shakli bo’lgan sezgilar hayvonot dunyosi
taraqqiyotining ilk bosqichlarida kelib chiqishi bilan birga odamda ko’proq taraqqiy
topdi va kamolga yetdi. Sezgi ob’ektiv olamning sub’ektiv obrazidir. Materiya
bizning sezgi a’zolarimiz, ko’z to’r pardasiga va shu kabilarga, ya’ni muayyan suratda
tuzilgan materiyaga bog’liq. Materiyaning mavjudligi esa sezgiga bog’liq emas.
Odam miyasi va kishilarning ijtimoiy tabiatga ko’ra ko’proq taraqqiy topgan
asab tizimi hayvonlarning sezgilariga qarama-qarshi o’laroq, odam sezgilarining
yangi sifat xususiyatlarini keltirib chiqaradi. Hayvonlarning sezgilari ham, odamning
sezgilariga ham tabiatda mavjud bo’lgan narsa va hodisalarning in’ikosidir. Ammo,
odamning sezgi a’zolari aks ettira oladigan hamma narsani hayvonlarning sezgi
a’zolari aks ettirishga qodir emas. Masalan, burgut odamga qaraganda ancha uzoqni
ko’radi, lekin odamning ko’zi buyumlarda burgutning ko’ziga qaraganda ancha ko’p
narsani ajratadi. Odamga nisbatan kuchuk birmuncha nozikroq hid bilish quvvatiga
ega, lekin u odam uchun turli narsalarning muayyan belgilaridan iborat bo’lgan
hidlarning yuzdan bir hissasini ham farq qila olmaydi.
Fan odam bilan hayvonot dunyosi o’rtasida biologik — fiziologik ma’noda
o’tib bo’lmaydigan chegara yo’qligini isbotladi. Eng yuksak darajada tuzilgan
mavjudot — odam jonli tabiat taraqqiyotining eng yuksak mahsuli hisoblanadi.
Hayvonlar ruhiyatning muhim xususiyati instinktlardir. Instinktlar —
hayvonlar muayyan turining evolyutsiyasi jarayonida to’plangan ongsiz hayoti,
«tajribasi»dir. Ular mutlaqo o’zgarmas narsa emas, aksincha, evolyutsiya
jarayonida hayot sharoitiga qarab o’zgaradi, yangi instinktlar bilan almashinadi.
Instinktlar murakkab shartsiz reflekslar bo’lib, organizmning tashqi ta’sirotiga
javoban tug’ma his-tuyg’u, sezgidan iborat. Instinktlarda hech qanday g’ayritabiiy sir