484
tuzumida dastavval tosh qurollar, keyinchalik o‘q-yoy, loydan yasalgan
idishlar, toshbolta va mis qurollar paydo bo‘lgan bo‘lib, ularning
barchasi vaqt o‘tishi bilan harbiy, dehqonchilik, hunarmandchilik
texnikasi rivojiga olib keldi.
XY–XYI-asrlarda ancha takomillashgan domna pechlarida asosiy
dvigatel o‘rnida gidravlik mashinalardan foydalanildi. Bu davrda
konchilik, metallurgiya rivojlana boshladi. Harbiy texnikada o‘t ochish
qurollari, mashina va mexanizmlar paydo bo‘ldi. Bu davrda savdo-sotiq
va yirik manufakturadagi tub o‘zgarishlar bir qancha aniq vazifalarni
nazariy va eksperimental hal qilishni talab qildi. Bu fanning Uyg‘onish
davri g‘oyalari ta’sirida sxolastika an’analarini parchalab, amaliyotga
murojaat qilishiga olib keldi. Kompas, porox va kitob nashr qilish ilmiy-
texnikaviy faoliyatga asos solgan 3 ta yirik kashfiyot bo‘ldi.
XVIII asr oxirida bug‘ mashinasi va to‘qimachilik mashinalarining
paydo bo‘lishi sanoatda inqilobning boshlanishidan darak berdi.
XIX asrda bosma mashina, telegraf apparati, fotografiya, ichki
yo‘nuv dvigateli, samolyot, radio, telefon, kinematografiya, avtomobil
yaratildi, harbiy texnika, transport rivojlangan bo‘lsa, XX asrda elektr
energiyasidan foydalanish o‘sishi, aviatsiya, atom texnikasi, hisoblash
texnikasi,
elektronika,
televideniye,
raketasozlik,
avtomatika,
kosmonavtika taraqqiy etishi bilan tavsiflanadi. XXI asr axborot
texnologiyalari (internet, uyali telefon va boshqalar) shiddat bilan
rivojlanayotgan davrdir.
Unumdorlik, puxtalik va tejamlilik texnikaning eng muhim
ko‘rsatkichlaridir. Texnikaning unumdorligi vaqt birligi ichida tayyor-
langan (ishlov berilgan, tashilgan va boshqalar) mahsulot miqdori bilan
aniqlansa,uning puxtaligi zarur miqdorda sifatli mahsulot berish
xususiyati yoki texnologik vazifani belgilangan muddatda bajarish bilan
ifodalanadi. Texnikaning tejamliligi ishlatiladigan xom ashyo,
materiallar, yoqilg‘i, energiya, yordamchi qurilmalarning tannarxi bilan
belgilanadi.
Texnikaning unumdorligi, mukammalliligi va tejamliligini oshirish
uchun uni takomillashtirib borish fan yutuqlariga asoslanadi. Amalda
texnologik jarayonlar qanchalik puxta ishlangan, tavsiya etilayotgan
usullar chuqur tajriba va ilmiy yondashuvga asoslangan bo‘lsa,
tayyorlanadigan mahsulot (avtomobil, bino yoki inshoot va b.)
shunchalik sifatli bo‘ladi. Texnologiyaning fan sifatidagi roli va vazifasi
mahsulot tayyorlashning eng zamonaviy va samarali usullarini
|