487 dasturiy tizimlardan iborat bo‘lib, inson ongi bajarishi mumkin bo‘lgan
bir qancha vazifalarning uddasidan chiqa oladi.
Hozirga kelib sun’iy intellekt keng ko‘lamda ommalashib,
kundalik turmush tarzimizning deyarli barcha jabhalarini qamrab
olmoqda. Masalan, 1997-yilda Deep Blue nomli IBM kompyuteri
shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Garri Kasparovni yengan tarixdagi
ilk kompyuter bo‘ldi. Xitoydagi Inchuan shahri aholisiga bank
kartalarining keragi yo‘q. Hisob-kitoblar bilan bog‘liq barcha jarayonlar
sun’iy intellekt tomonidan insonning yuz qiyofasini aniqlashtirish orqali
amalga oshiriladi.
Sun’iy intellekt haqidagi bahs-munozaralar qariyib 50 yildan beri
davom etib kelmoqda. Ba’zi mutaxassislar, ularning ommalashib
odamlar o‘rnini egallab borayotgani natijasida ommaviy ishsizlik
ko‘rsatkichlari
oshib
ketishi
mumkinligini
ta’kidlamoqdalar.
Mutaxassislarning boshqa bir guruhi esa sun’iy intellektga ijobiy
munosabatda bo‘lish kerakligini uqtirishmoqda. Jumladan, Space X
asoschisi Ilon Mask fikricha, “Sun’iy intellekt insoniyat sivilizatssiyasi
uchun asosiy xavfdir. Sun’iy intellekt mehnat bilan bog‘liq ommaviy
muammolarni keltirib chiqaradi. Sababi, robotlar hamma ishni bizdan
ko‘ra yaxshiroq bajara olishadi. Ilg‘or texnologiyalar ortidan quvish
natijasida, kompaniyalar sun’iy intellekt ortidan kelib chiqadigan xavf-
xatarni ko‘rmay qolishlari mumkin”.
Bugungi kunda ayrim davlatlarda robot-hamshiralar, xaydovchisiz
transport vositalari, buyurtmani yetkazib beruvchi dronlar xizmatidan
foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Hatto politsiya xodimlarining ba’zi
vazifalarini ham maxsus robotlar bajarmoqda. Olimlar ularning tashqi
ko‘rinishini imkon qadar odamlarnikiga o‘xshatishga urinishmoqda.
Xorijiy ekspertlar ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilga kelib 4,7 mln
aholi ishsiz qolishi mumkin. Shuningdek, ishsizlik g‘aznachilar, pochta
xodimlari, hisobchilar va idora xizmatchilariga xavf solishi mumkinligi
aytilgan. Sun’iy intellekt ularning vazifasini bemalol bajara oladi.
Har qancha e’tiroz va tanqidlarga qaramay, sun’iy intellektni
rivojlantirish davom etmoqda. Sun’iy intellekt insoniyatning yutug‘i
bo‘lsada, jamiyatda muammolar ko‘lami oshib borishining omili
hamdir.