Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə448/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   444   445   446   447   448   449   450   451   ...   466
TATU Falsafa

 
Kategoriyalar sistemasi
— falsafiy tushunchalar tizimi. 
Kategoriyalarning ixchamligi
— falsafiy tushunchalarning harakatda, bir-
biriga o’tib turishi, narsalarning barcha tomonlari, ularning ziddiyatlarini aks 
etishining ifodasi.
Kategoriyalarning metodologik roli
— falsafiy tushunchalarning olamni 
anglashda, fan va inson amaliy faoliyatidagi ahamiyati. 
Kibernetika 
— texnika qurilmalarida boshqarish jarayonlari va 
sistemalarining umumiy belgilari haqidagi fan. 




501
 
Konfu-TSzi
(551-479 yy.)xitoylik donishmand. Uning «Hikmatlari», ya’ni 
aforizmlari juda mashhur. Konfutsiy ta’limotida umuminsoniy qadriyatlarning 
xitoy xalqi turmush tarzida o’ziga xos tarzda namoyon bo’lishi, bu xalqqa xos 
ma’naviy mezonlar aks etgan. Bu ta’limot bir necha asrlar davomida ushbu 
hududda milliy g’oyalar majmui, millatning mafkurasi sifatida odamlarning 
ma’naviy ongi va qiyofasi sh akllanishiga ta’sir ko’rsatgan. u hozirgi Xitoyda 
ham o’zining muayyan ahamiyatini saqlab qolgan. 
Ll 
Lao-TSzi 
(VI-V asrlar).Qadimgi Xitoyning ko’zga ko’ringan faylasuflaridan 
biri.Uning ta’limotiga ko’ra, olam, jamiyat va inson hayoti Dao qonuniga 
bo’ysunmog’i lozim. Daosizm ta’limoti ana shu tariqa shakllangan. Dao qonuni — 
tabiatning yashash qonunidir, undagi rang-baranglik kurashi va uyg’unligi 
abadiyligining e’tirof etilishidir. Bu qonunga ko’ra, olamning asosini tashkil 
etuvchi «Tsi», ya’ni beshta unsur — olov, suv, havo, yer va yog’och yoki metall 
olamdagi barcha jismlar asosini tashkil etadi hamda ularning yuzaga kelishini 
ta’minlaydi. Lao-Tszining ta’kidlashicha, olamda hech bir narsa doimiy va 
o’zgarmas, harakatsiz holda bo’lishi mumkin emas. 

Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   444   445   446   447   448   449   450   451   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin