61
erishayotgan ulkan yutuqlarini ko’z oldimizga keltirar ekanmiz, beixtiyor ana shu
buyuk bobomiz misolida bunday yuksak marralarga erishishda o’zbek xalqining ham
munosib hissasi borligidan qalbimiz iftixorga to’ladi”
1
.
Muhammad Muso al-Xorazmiy ilm-fan va madaniyat olamida nafaqat buyuk
matematik va tabiatshunos olim, balki mashhur faylasuf sifatida ham ma’lum.
Xorazmiy maxsus falsafiy asar yozgan bo’lmasada, lekin uning matematika,
geometriya, astronomiya, geografiya, tarix va musiqa ilmiga oid barcha kitoblarida
ilgari surilgan, ilmiy isbotlangan falsafiy fikr-mulohazalar, nazariya va
ta’limotlar son-sanoqsizdir. Uning matematika va boshqa tabiatshunoslik fanlari
ilmiy yutuqlariga asoslanib yozishicha, tabiiy qonuniy jarayonlar Olloh
tomonidan tinimsiz o’sish, o’zgarish va rivojlanishdadir. Unda nimalar yangidan
paydo bo’ladi, ma’lum vaqt mobaynida yashaydi, keyinchalik borib esa u ham
eskira boshlaydi va pirovard-oqibatda o’z o’rnini boshqa narsaga qonuniy
ravishda bo’shatib beradi. Eski narsa o’rnini yangi, ulayotgan narsa o’rnini
o’sayotgan narsa egallashi, Xorazmiy falsafiy ta’limotida qayd etilishicha, tabiiy-
qonuniy jarayondir. Bu jarayon cheksiz-chegarasizdir.
Xorazmiy dunyodagi har bir narsa va hodisa mohiyatida bir-birini inkor
etibgina qolmay, ayni paytda bir-birini o’zaro taqozo etadigan, bir-birisiz yashay
olmaydigan ikki qutb, ikki qarama-qarshi tomon mavjuddir, taraqqiyot ular
o’rtasidagi ana shu birlik va kurash asosida amalga oshadi, deb ko’rsatadi va
o’zining bu falsafiy ta’limotini matematika fani dalillari asosida ilmiy isbotlaydi.
Xorazmiyning fikricha, dunyo to’rt unsur-tuproq, suv, havo, olovdan
tashkil topgan. Dunyodagi barcha narsa va hodisalar ana shu unsurlarning
birikishi, o’zaro ta’siri ostida hosil bo’ladi va yashaydi.
Xorazmiy chuqur ilmiy dalillar asosida mazmun bilan shaklni, sabab bilan
oqibatni, imkoniyat bilan voqelikni, miqdor bilan sifatni, jamiyat bilan tabiatni
ajratib bo’lmasligini, ular o’zaro aloqadorligini isbotlagan edi.
Muhammad Muso Xorazmiyning bilish masalasiga oid fikrlari ham muhim
1
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch.-T.:“Ma’naviyat”, 2008. -41-bet.
|