Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   466
TATU Falsafa

63
 
Abu Nasr Forobiy
(870-950 yy.) nafaqat O’rta Osiyo va Sharqning, balki 
butun dunyoning asrlar osha e’tirof etilgan va benihoya katta hurmatiga sazovor 
bo’lib kelayotgan buyuk mutafakkiri, qomusiy olimi, mashhur faylasuflaridan 
sanaladi. 
O’rta asr fan va madaniyatiga bebaho hissa qo’shgan, Sharq Uyg’onish 
davrining donishmandi hisoblangan Forobiy milodiy 870 yilda Aris daryosi 
Sirdaryoga quyiladigan Forob degan joyda tug’ilgan. U dastlabki bilimni Forobda 
olgan. Uning ilm-fanga bo’lgan kuchli qiziqishi va intilishiga o’zi tug’ilib o’sgan 
yurtda olgan bilim kifoya qilmagan. Toshkentda, Samarkand va Buxoroda, O’rta 
Osiyoning boshqa o’lkalarida olgan tahsili uning ilm-ma’rifatga bo’lgan 
tashnaligini qondira olmagan. Ilmga juda katta hayotiy ehtiyoj sezgan Forobiy 
jahon ilm markazlaridan biri — Bog’dodda qo’nim topgan. Bu yerda u tinmay 
o’qib-o’rganadi, arab tili va adabiyotini mukammal bilib oladi. Keyinchalik 
Forobiy Shom, Misr o’lkalariga borib, o’z ustida tinmay ishlab, mudarrislik qilib 
yirik faylasuf sifatida taniladi, shogirdlar orttiradi. 
Forobiy yirik faylasuf, tilshunos, mantiqshunos, riyozatchigina emas, shu 
bilan birga jamiyatshunos, filolog, tibbiyotchi, ruhshunos, musiqa ilmining 
nazariyotchisi va amaliyotchisi hamdir. Forobiy «Falsafani o’rganishda nimalarni 
bilish kerak», «Falsafiy savollar va ularga javoblar», «Mantiqqa kirish», «She’r 
san’ati», «Shoirlarning she’r yozish san’ati qonunlari haqida», «Ilmlarning kelib 
chiqishi to’g’risida», «Musiqa haqida so’z», «Ohanglar tasnifi haqida kitob», 
«Masalalar bulog’i», «Aql to’g’risida», «Inson a’zolari haqida risola», «Fozil 
odamlar shahri», «Davlat haqida» kabi va boshqa 360 dan ortiq xilma-xil 
qimmatli asarlar yozdi. 
Forobiy shug’ullangan har bir soha, u yozgan har bir asar o’rta asr, yangi 
davr va hozirgi zamon olimlari tahsini va e’tiboriga sazovor bo’lgan. Forobiy 
yozgan asarlar o’rta asr ilmining qariyb barcha sohalarini o’z ichiga qamrab 
olgan. Uning asarlarini shuning uchun ham o’z davrining ko’zgusi, qomusi 
deyish mumkin. 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin