Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti va predmeti. Cisco packet tracer dasturidan foydalanib cisco kommutator va mashrutizatorlari orqali har xil tip va sinflardagi tarmoqlarni qurishni ob’ekt qilib olamiz. Bitiruv malakaviy ishini predmeti sifatida shu tarmoqlarni yaratish uchun qo’llanilgan dasturiy vosita sifatida Cisco packet tracerni aytishimiz mumkin.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi.Cisco packet tracer kabi ommalashib ulgirgan amaliy dasturlar orqali kommutator va mashrutizatorlar orqali har xil tip va sinflardagi tarmoqlarni qurish bitiruv malakaviy ishining asosiy maqsadi hisoblanadi.
I. BOB. KOMMUTATOR VA MASHRUTIZATORLARI ORQALI HAR XIL SINFLARDAGI TARMOQLARNI LOYIHALASH BO'YICHA QILINGAN ISHLAR TAHLILI. 1.1 Kommutator va mashrutizatorlari orqali har xil sinflardagi tarmoqlarni loyihalash bo'yicha O`zbekistonlik izlanuvchilarning qilgan ishlari. Termiz davlat universiteti fizika matematika fakulteti “Аmaliy matematika va informatika” kafedrasida o'qituvchisi Mengliyev Shaydulla Tarmoqlarni loyihalash va ularga qo`yiladigan talablar to`g`risida quyidagilarni keltirib o`tgan: Ma’lumki, har qanday loyihalash hali bo‘lmagan haqiqatda juda soddalashtirilgan modellashni namoyon qiladi. Shuning uchun, aslida kelajakda paydo bo‘lishi mumkin bo‘ladigan barcha omillarrni oldindan ko‘ra bilish, barcha talablarni hisobga olish amalda mumkin emas va bironta narsani loyihalash bo‘yicha barcha eng batafsil yozilgan qo‘llanmalar uncha katta qiymatga ega emas.
Lekin lokal kompyuter tarmoqlarni loyihalashga eng umumiy masalalarni baribir ifоdаlаsh mumkin, bunday loyihalashni ba’zi foydali prinsiplari taklif qilinishi va unumli ishlatilishi mumkin. Faqat ularna har qanday amaliy holatlar uchun mumkinligini va barcha bo‘lajak holatlar uchun yetarli deb qabul qilish kerak emas.
Qandaydir tashkilot uchun yangi tarmoqni o‘rnatganda quyidagi omillarni hisobga olish mumkin bo‘ladi:
· Kerakli tarmoq o‘lchamlari (yaqin kelajakka va arognoz bo‘yicha uzoq kelajakka).
· Talab qilinadigan tarkibi, iyerarxiya va tarmoqlarni asosiy qismlari (korxonani bo‘limlari bo‘yicha, shuningdek xonalar, qavatlar va korxona binolari bo‘yicha).
· Asosiy yo‘nalishlari va axborotli oqimning intensivligi (yaqin va uzoq kelajakda).
· Jixozlarning texnik tavsiflari (kompyuterlar, adapterlar, kabellar, repiterlar, konsentratorlar, komutatorlar) va ularning narxi.
· Xonalarda va ular orasida kabel tizimlarni joylashtirish, shuningdek kabelni butunligini ta’minot choralari.
· Tarmoqga xizmat qilshni ta’minot va uning buzilmasdan ishlashini va xavfsizligini nazorat qilish.
· Tarmoqning ruxsat etilgan o‘lchamlari, tezligi, egiluvchanligi, kirish huqUqlarni chеgараlаsh, narxi, axborot almashinuvini nazorat qilish imkoniyatlari va x.k. bo‘yicha talablar.
· Global tarmoqlarga yoki boshqa lokal tarmoqlarga ulashning zarurligi.
Yuqorida sanab o‘tilgan hali yana qo‘shilmagan omillar ma’lum bo‘lsa, tarmoqsiz ham ishlarni olib borish mumkindir, chunki apparatura katta xarajatlarni va dasturiy ta’minotni, o‘rnatishni, tarmoqni ekspluatatsiya qilishni, xizmat qiladigan korxonaga ish haqi to‘lashni, tarmoqni ishlash darajasida ushlab turishni va ta’mirlashni va h.k talab qiladi. Masalan, agar bir nechta foydalanuvchilar bo‘lsa, va ular o‘zlarini kompyuterlarida avtonom ishlasa va gohida fayillar bilan almashib turilsa, ya’ni oddiy disketa tarmoqni almashirishi mumkin (bu ham arzon, ham tashvishi kamroq). Avtonomli kompyuterlarga qaraganda, tarmoq ko‘p qo‘shimcha muammolar tug‘diradi: oddiy mexanikadan (tarmoqga ulangan kompyuterlarni bir joydan ikkinchisiga olib o‘tish murakkabroq) to murakkab axborotliligigacha (birga ishlatadigan resurslarni nazorat qilishi zarurligi). Buning ustiga tarmoqdan foydalanuvchilar avtonom kompyutelardan foydalanuvchilarga qaraganda bog‘lanmaganligi endi unchalik emas, chunki ular ma’lum bir qoidalarga rioya qilishi kerak, o‘rnatilgan tartiblarga bo‘ysinishi kerak, yana bu talablarga ularni o‘rgatish kerak.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti magistranti Karimov Azamat Botirovich