Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki , Gers elektromagnit to’lqinlar yordamida axborot almashinish ya’ni telekommunikatsiya sohasiga juda ko’p foydali ishlarni bajardi .
Yopiq tebranis konturini tahrirlab ochiq tebranish konturini yaratdi va u orqali elektromagnit maydon hosil qila oldi .
Gers vibratory yordamida 0.6 m dan 10 m gacha to’lqin uzunlikli yassi to’lqinlar hosil qilindi va elektromagnit to’lqinlar ko’ndalang to’lqinlar ekanligi namoyon bo’ldi . Gers turg’un elektromagit to’lqinlarni hosil qildi va ular yordamida elektromagnit to’lqinlarning tezligini aniqlab , uning yorug’lik tezligi bilan mos kelishini ko’rsatdi . Undan tashqari Gers to’lqin uzunliklarini ham hisobladi . Keyinchalik bu izlanishlarning mantiqiy davomi sifatida ish olib borgan Popov , Markoni elektromagnit to’lqinlar orqali axborot uzatish va qabul qilib olish jarayonlariga yo’l ochib berdi .
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati .
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati .
1. Q.P.Abduraxmanov, V.S.Xamidov, N.A.Axmedova. FIZIKA. Darslik. Toshkent. 2018 y.