Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/18
tarix30.01.2022
ölçüsü1,3 Mb.
#51831
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
aviakassa malumotlar bazazi bilan ishlovchi dastur yaratish

II. 

NAZARIY QISM 

MBBT haqida umumiy ma’lumot. 

Informatsion  texnologiyalarning  rivojlanishi  va  axborot  oqimlarining  tobora 

ortib  borishi,  ma’lumotlarning  tez  o’zgarishi  kabi  holatlar  insoniyatni  bu 

ma’lumotlarni  o’z  vaqtida  qayta  ishlash  choralarini  qidirib  topishga  undaydi. 

Ma’lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun ma’lumotlar bazasi (MB) ni 

yaratish, so’ngra undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb bo’lib qolmoqda. 

Ma’lumotlar  bazasi  –  bu  o’zaro  bog’langan  va  tartiblangan  ma’lumotlar 

majmuasi bo’lib, u ko’rilayotgan ob’ektlarning xususiyatini, holatini va ob’ektlar 

o’rtasidagi munosabatni ma’lum sohada tavsiflaydi. 

Darhaqiqat, hozirgi kunda inson hayotida MBda kerakli axborotlarni saqlash 

va  undan  oqilona  foydalanish  juda  muhim  rol  o’ynaydi.  Sababi:  jamiyat 

taraqqiyotining  qaysi  jabhasiga  nazar  solmaylik  o’zimizga  kerakli  ma’lumotlarni 

olish  uchun,  albatta,  MBga  murojaat  qilishga  majbur  bo’lamiz.  Demak,  MBni 

tashkil  qilish  axborot  almashuv  texnologiyasining  eng  dolzarb  hal  qilinadigan 

muammolaridan  biriga  aylanib  borayotgani  davr  taqozasi.Ma’lumki,  MB 

tushunchasi  fanga  kirib  kelgunga  qadar,  ma’lumotlardan  turli  ko’rinishda 

foydalanish juda qiyin edi. Programma tuzuvchilar ma’lumotlarini shunday tashkil 

qilar edilarki, u faqat qaralayotgan masala uchungina o’rinli bo’lardi. Har bir yangi 

masalani  hal  qilishda  ma’lumotlar  qaytadan  tashkil  qilinar  va  bu  hol  yaratilgan  

programmalardan  foydalanishni  qiyinlashtirar  edi.  Shuni  qayd  qilish  lozimki, 

MBni yaratishda ikkita muhim shartni hisobga olmoq zarur: ma’lumotlarning turi 

va ko’rinishi ularni qo’llaydigan  programmalarga bog’liq bo’lmasligi lozim, ya’ni 

MBga  yangi  ma’lumotlarni  kiritganda  yoki  ma’lumotlar  turini  o’zgartirganda, 

programmalarni o’zgartirish talab etilmasligi lozim; 

MBdagi  kerakli  ma’lumotni  bilish  yoki  izlash  uchun  biror  programma 

tuzishga  hojat  qolmasin.Shuning  uchun  ham  MBni  tashkil  etishda  ma’lum  qonun 

va qoidalarga amal qilish lozim. Bundan buyon axborot so’zini ma’lumot so’zidan 

farqlaymiz, ya’ni axborot so’zini umumiy tushuncha sifatida qabul qilib, ma’lumot 

deganda aniq bir belgilangan narsa yoki hodisa sifatlarini nazarda tutamiz. 

Bugungi  kunda  ma’lumotlarni  eng  ishonchli  saqlaydigan  vositalardan  biri 

hozirgi  zamon  kompyuterlaridir.  Kompyuterlarda  saqlanadigan  MB  maxsus 

formatga ega bo’lgan muayyan tuzilmali fayl demakdir. Kompyuter xotirasida har 

bir  fayl  yozuv  deb  ataladigan  bir  xil  turdagi  qismlardan  iborat  bo’ladi.  Yozuv-

o’zaro  bog’langan  ma’lumotlarning  bir  qismidir.  Fayldagi  yozuvlar  soni 

qaralayotgan  ma’lumotning  o’lchoviga  bog’liq.  Har  bir  yozuv  esa  maydon  deb 

ataladigan bo’laklardan tashkil topadi. Maydon ma’lumotlarning qisqa to’plamidan 




 

 

iborat  bo’lishi  lozim.  Har  bir  maydon,  o’zi  ifodalaydigan  ma’lumotlariga  ko’ra, 



biror nomga ega bo’ladi.  

MB  tashkil  qilish,  ularga  qo’shimcha  ma’lumotlarni  kiritish  va  mavjud 

MBdan  foydalanish  uchun  maxsus  MBlar  bilan  ishlaydigan  programmalar  zarur 

bo’ladi.  Bunday  programmalar  majmui  ma’lumotlar  bazasini  boshqarish 

sistemalari  (MBBS)  deb  yuritiladi.  Aniqroq  qilib  aytganda,  MBBS–bu  ko’plab 

foydalanuvchilar  tomonidan  MBni  yaratish,  unga  qo’shimcha  ma’lumotlarni 

kiritish va MBni birgalikda ishlatish uchun zarur bo’lgan programmalar majmuidir. 

MBBSning  asosiy  tarkibiy  qismi–ma’lumotlar  bo’lsa,  boshqa  tarkibiy  qismi–

foydalanuvchilardir.  Bulardan  tashqari  Hardware-  texnik    va  Software-dasturiy 

ta’minoti    ham  MBBSning  samarali  ishlashini  ta’minlovchi  tarkibiy  qismlar 

hisoblanadi. Hardware tashqi qo’shimcha qurilma iborat bo’lsa, programma qismi 

esa MB bilan foydalanuvchi o’rtasidagi muloqotni tashkil qilishni amalga oshiradi. 

MBning  tuzilishi  o’rganilayotgan  ob’ektning  ma’lumotlari  ko’rinishi,  ma’nosi, 

tuzilishi va hajmiga bog’liq bo’ladi.  

Odatda, foydalanuvchilar quyidagi kategoriyalarga bo’linadilar:   

  foydalanuvchi-programma tuzuvchi



  sistemali programma tuzuvchi; 

 

ma’lumotlar bazasi administratori. 



Bunda 

programma 

tuzgan 

foydalanuvchi 

MBBS 

uchun 


yozgan 

programmasiga javob beradi, sistemali programma tuzuvchi esa butun sistemaning 

ishlashi  uchun  javobgar  hisoblanadi.  U  holda  MB  administratori  sistemaning 

saqlanish holatiga va ishonchliligiga javob beradi. 

MBBS quyidagicha tavsiflanadi: 

Ispolnimost-Bajarilishlik,  foydalanuvchi  so’roviga  hozirjavoblik  bilan 

muloqotga kirishish

Minimalnaya  povtoryaemost-  Minimal  takrorlanishlik,  MBdagi    ma’lumot 

iloji boricha kam takrorlanishi lozim, aks holda ma’lumotlarni izlash susayadi; 

Yaxlitlik  –axborotni  MBda  saqlash  iloji  boricha  ma’lumotlar  orasidagi 

bog’liqlikni asragan holda bo’lgani, ayni muddao; 

Bezopasnost–Xavfsizlik,  MB  ruxsat  berilmagan  kirishdan  ishonchli  himoya 

qilingan  bo’lishi  lozim.  Faqat  foydalanuvchi  va  tegishli  tashkilotgina 

ma’lumotlarga kira olish va foydalanish huquqiga egalik qilishi mumkin

Migratsiya–ba’zi  bir  ma’lumotlar  foydalanuvchilar  tomonidan  tez  ishlatilib 

turiladi,  boshqalari esa faqat talab asosida ishlatiladi. SHuning uchun ma’lumotlar 

tashqi  xotiralarda  joylashtiriladi  va  uni    shunday  tashkil  qilish  kerakki,  eng  ko’p 

ishlatiladigan ma’lumotlarga murojaat qilish qulay bo’lsin. 




 

 

Ma’lumotlar  bazasini  boshqarish  sistemasida  har  bir  MB  modeli  quyidagi 



xususiyatlari bo’yicha tavsiflanadi: 

Ma’lumotlar tuzilmalarining turi; 

Ma’lumotlar ustida bajariladigan amallar; 

Butunlikning cheklanganligi. 

Ma’lumotlar.  Belgili  shaklda  ifodalangan  ob’ekt  yoki  ob’ektlarning 

muomalasi haqidagi axborotlar ma’lumotni tashkil qiladi. 

Bu  ma’lumotlar  inson  yoki  qandaydir  texnik  qurilma  tomonidan  qabul 

qilinishi  va  tegishli  tarzda  interpretatsiya  qilinishi  mumkin.  Ma’lumotlarning 

tavsifli  xususiyati  shu  hisoblanadiki,  ya’ni  ularni  bir  belgili  tizimdan  boshqasiga 

qayta  kodlash  axborotni  yuqotmagan  holda  o‘tkazish  mumkin.  Belgili 

ifodalanishning bunaqangi xususiyatining ahamiyati  - mavjud predmetli holatning 

qabul  qiluvchiga  yo‘naltirilgan,  belgilarning  har  xil  tizimlarida  ifodalanish 

imkonini beradi. 

Ma’lumotlar  bazasini  qurishda  insonga  yo‘naltirilgan  mantiqiy  ifodalanish 

haqida  va  uzoq  muddatli  xotira  qurilmasiga  yo‘naltirilgan  jismoniy  ifodalanish 

haqida gapirish an’anaga aylangan. 

2.1  rasmda  predmet  sohasining  ma’lumotlar  bazasida  ifodalanishi  bilan 

bog‘liq asosiy tushunchalar keltirilgan. 

 

2.1-rasm. Ma’lumotlar bazasida  predmetli muhitning ifodalanishi 



 

 

Ma’lumotlarning  joylashuvi  va  xotira  qurilmasida  ularning  o‘zaro  aloqalari 



haqida  gapirishdan  oldin,  o‘zigan  xos  ma’lumotlar  modelini  yaratgan  holda, 

ma’lumotlar o‘zaro bog‘liqligini mantiqiy  darajada keltirish lozim.Shunday qilib, 

predmet sohasining barcha ob’ektlarida yozuv tarkiblari va ularning o‘zaro aloqasi 

aniqlandi,  ya’ni  predmet  sohasining  ma’lumotlar  modeli  vazifalashtirildi. 

Ma’lumotlar  modelining  asosiy  vazifasi  saqlash  ahamiyatlari  bilan  bog‘liq, 

chalg‘itadigan  detallarsiz  axborot  kartinasini  to‘liq  namoyon  etish  imkonini 

berishdan  iborat.  U  ma’lumotlar  bankida  saqlanayotgan  har  qanday  ma’lumotni 

olish mexanizmini ishlab chiqishda yordam beradigan asbobdir. 

MBni yaratishda predmet sohasini tahlil qilish 

MB ni loyihalashtirishda asosan ikkita masala yechiladi:  




 

 

predmet  sohasi  ob’ektlarini  qanday  qilib  ma’lumotlar  modellarining  abstrakt 



obektlari  shaklida  ifodalash.  Ayrim  hollarda  bu  masalaga  ma’lumotlar  bazasini 

mantiqiy loyihalash masalasi deyiladi.  

ma’lumotlar  bazasiga  so’rovlarning  bajarilish  effektivligini  qanday 

ta’minlash. Bu masalaga ma’lumotlar bazasini fizik loyihalash masalasi deyiladi.  

Ixtiyoriy  turdagi    MBni    loyihalashtirishning  birinchi  bosqichdagi  predmet 

sohasini  tahlil  qilish  bo’lib,  u  axborot  tuzilmasini  (kontseptual  sxemalar)  tuzish 

bilan  yakunlanadi.  Bu  bosqichda  foydalanuvchining  so’rovlari  tahlil  qilinadi, 

axborot  ob’ektlari  va  uning  xarakteristikalari  tanlanadi,  hamda  o’tkazilgan  tahlil 

asosida  predmet  sohasi  tuzilmalashtiriladi.  Predmet  sohasini  tahlil  qilishni  uch 

bosqichga bo’lish maqsadga muvofiqdir: 

 kontseptual talablar va axborot ehtiyojlarini tahlil qilish; 



 axborot ob’ektlari va ular orasidagi aloqalarni aniqlash; 

  predmet  sohasining  kontseptual  modelini  qurish  va  MBni  kontseptual 



sxemasini loyihalashtirish. 

Kontseptual  talablar  va  axborot  extiyojlarini  tahlil  qilishda  quyidagi 

masalalarni hal qilish kerak: 

 foydalanuvchilarning MBga   bo’lgan  talablarini  tahlil  qilish; 



  MBdan  o’rin  olishi  lozim  bo’lgan  axborotlarga  ishlov  berish  bo’yicha 

mavjud masalalarini aniqlash;  

 kelajakda hal qilinishi lozim bo’lgan masalalarni aniqlash;  



    

 tahlil natijalarini hujjatlashtirish. 




Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin