Ma’lumotlar bazasi – ma’lum sohaga oid o’zaro boglangan ma’lumotlar
yig’indisining disk tashuvchidagi tashkiliy jamlanmasi.
Relyatsion ma’lumotlar bazasi – ikki o’lchamli jadvallarning mohiyat-
munosabat mehanizmi orqali bog’lanishidir. Relyatsion ma’lumotlar bazasining
logik aloqasi o’zaro logik bog’langan jadvallar majmuini tashkil etadi.
Ma’lumotlarning relyatsion modeli normallashtirish orqali yaratiladi.
Normallashtirish jarayoni qayta takrorlanuvchi ma’lumotlarni yangi jadvalga
kuchirishdan iborat hodisadir. Relyatsion jadval structurasi maydon bilan
belgilanadi. Maydonga ma’lumot turi va hajmi kabi hossalar kiritiladi. Maydon
tarkibi jadval ustunlarida keltiriladi.
Har bir qator ma’lumotning bitta ekzemplyari bo’lib, yozuv deb nomlanadi.
Har bir yozuvni identifikatsiyasi uchun unikal birlamchi kalit qullaniladi. Kalit bir
yoki bir nechta maydondan iborat bo’lishi mumkin. Ikki jadvalni bog’lash uchun
tashqi kalitdan foydalaniladi. Bunda birga-bir (1:1), birga-kup (1:N) va kupga-kup
(M:N) munosabatlar urnatilishi mumkin.
|