4.4. Individual topshiriqlar.
1. Variantga muvofiq (strukturaviy darajada) Verilog tilida sxemani
ta’riflang.
2. Sxemani tuzing va uni plataga yuklab oling.
3. Chinlik jadvali bo‘yicha sxemaning to‘gri ishlashini tekshiring.
4. Sxemani boshqa usulda ta’riflang (holat darajasida).
5. Kompilyatsiya qiling va plataga yuklang.
6. Chinlik jadvali bo‘yicha sxemaning ishlash jarayonini tekshiring.
7. Olingan sxemalarni simulyatsiyasini ModelSim -da bajaring.
Amaliy mashg‘ulot № 5
ALT XILINX ISE asosida VLSI raqamli sxemalarini loyihalash bo‘yicha
amaliy ish. ALT XILINX ISE da raqamli qurilmalarni loyihalash marshrutini
o‘rganish
Ishning maqsadi
:
VLSI FPGA asosida elektron qurilmalarni loyihalash
marshrutini o‘rganish; ALT FPGA Xilinx ISE uchun loyihalash vositalari bilan
tanishish; yaratilgan qurilmaning vaqt bo‘yicha simulyatsiyasi bajarish. Oddiy
raqamli sxemalarni loyihalash ko‘nikmalarini egallash.
5.1. Xilinx ISE ALT da VLSI FPGA da qurilmalarni loyihalashning umumiy
yo‘nalishi
61
Xilinx ISE ALT da VLSI FPGA qurilmalarni loyihalash jarayonining ketma-
ketligi qo‘yida keltirilgan.
5.1.1. Tizimni ishga tushirish va yangi loyihani yaratish (mavjudni ochish).
a)
Xilinx ISE> Project Navigator
dasturini ishga tushiriladi.
Xilinx ISE ning asosiy oynasi “
Project Navigator
” deb ataladi. Bu oynada
asboblar paneli va xabarlar konsoli mavjud.
Chapdagi panellar mos ravishda joriy loyiha fayllari ro‘yxatini - "
Sources in
Project
" oynasini va loyihaning jarayonlari (qayta ishlash bosqichlari) ro‘yxatini -
"
Processes for Current Source
" ni ifodalaydi.
b)
Yangi loyiha yaratish uchun asosiy menyuning tegishli bandi tanlanadi
(
File > New Project
). Ochish ustasi oynasida (5.1-rasm) loyiha nomini (
Project
Name
) belgilanadi va loyiha papkasiga (
Project Location
) materiallar
joylashtiriladi. Bunda loyiha parametrlarini (
Project Device Options
) aniqlash
kerak:
• FPGA turini tanlash -
Device FaMili
elementida. FPGA tegishli oilani
tanlang (Virtex / Spartan / XC4000 / XC5200 / XC3000). FPGA turi CPLD uchun
- (CPLD XC9500 / XC9500 / XC9500XL / CoolRunner / CoolRunner-II).
62
5.1-rasm. Yangi loyiha yaratish muloqot oynasi
• Mikrosxema turini (
Device
), paket korpusini turini (
Package
) o‘rnatish
(ushbu amaliy ishda standart boshlangich qiymatlarni qoldirish mumkin).
• Dizayn yo‘nalishini o‘rnatish (
Design Flow
) ( 5.2-rasm). XST VHDL va
XST Verilog turlari apparat tavsifi tillaridan biridagi tavsifga yoki grafik kiritishga
mos keladi, EDIF va NGC / NGO turlari tashqi sintez vositalarining ish
natijalaridan foydalanishni ta’minlaydi. Amaliy ishlarni bajarishda XST VHDL
turidan foydalanish kerak.
63
5.2-rasm. FPGA va dizayn marshrutini tanlash uchun muloqot oynasi
Dostları ilə paylaş: |