32
kichik tarmoqlarga bo‗lish mmumkin. VLAN tarmoqning samaradorligini oshiradi.
bitta VLAN tarmog‗idagi qurilma Ethernet keng eshittirishli kadr uzatsa, bu kadrni
ushbu VLAN doirasidagi qurilmalarning barchasi qabul qiladi. Boshqa VLAN
dagi qurilmalar bu kadrni qabul qilmaydi. Har xil foydalanuvchi guruhlarning
qiziqishlarini hisobga olgan holda VLAN tarmog‗i
kirish va xavfsizlikni
ta‘minlash siyosatini amalga oshiradi:
Xavfsizlik
: muhim ma‘lumotlarga ega bo‗lgan guruhlarni tarmoqning boshqa
qismlaridan ajratiladi. Uning yordamida axborotni maxfiyligini buzilish
extimolligini kamaytiradi;
Xarajatlarni kamaytirish
: o‗tkazish qobiliyatidan
samarali foydalanish va
qimmat tarmoq inrastrukturalari yangilanishini arzonligi;
Samaradorlikni oshirish
: tarmoqni ikkinchi pog‗onada bir nechta mantiqiy
guruhlarga bo‗lish (keng eshittirishli domen) ortiqcha
tarmoq trafigini sonini
kamaytiradi va samaradorlikni oshiradi;
Keng eshittirishli domenlarni kamaytiradi
: tarmoqni VLANlarga ajratish
keng eshittirishli domendagi qurilmalar sonini kamaytiradi.
Axborot texnologiyalari bo‘limining samaradorligini oshirish
: VLAN
tarmog‗i
tarmoqni
boshqarishni
soddalashtiradi.
Yangi
kommutatorni
ekspluatatsiyaga kiritishda ko‗rsatilgan portlarda kerakli qoida va jarayonlarni
amalga oshiradi. Axborot texnologiyalari mutaxassislari VLAN ga tegishli nom
bilan tarmoqni funksiyasini tezda aniqlashadi.
Ilova va loyihalarni boshqarishni soddaligi
: VLAN tarmog‗i
foydalanuvchilar va tarmoq qurilmalarining tarmoqni geografik talabi yoki ishlashi
bo‗yicha moslashtirishi uchun birlashtiradi. Amaliy pog‗onada ishlashni va
loyihalashni boshqarish funksiyalarni aeratilganligi hisobiga sodda tuzilgan.
Masalan bunday amaliy topshiriqqa – o‗qituvchilarni elektron ta‘lim olish uchun
ilovalarni ishlab chiqish platformasi kiradi.