Kompleks birikmalar



Yüklə 240 Kb.
səhifə1/6
tarix05.03.2023
ölçüsü240 Kb.
#86712
  1   2   3   4   5   6
Mashxura Kompleks birikmalar


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
FAKULTET: Menejment va kasb ta’lim
YO’NALISH: Metrologiya standartlashtirish mahsulot sifati menejmenti
FAN: Analitik kimyo
Mavzu: Ichki kompleks birikmalar.Ichki kompleks birikmalarning tuzulishi
MUSTAQIL ISH
Bajardi: Abjalova Mashxurabonu
(S21-06uMS3)
Tekshirdi: dos. Safarov Y.T
TOSHKENT 2022


Mavzu: Ichki kompleks birikmalar.Ichki kompleks birikmalarning tuzulishi


REJA:
I.KIRISH


1. Kompleks birikmalarning tuzilishi.
.
II.ASOSIY QISM


1. Kompleks hosil bo’lishiga sababchi kuchlar.
2. Kompleks birikmalarning turlari.
3.Vener nazaryasi.
4.Koordinatsion birikmalarni olish.


III.XULOSA
KIRISH


Kompleks birikmalarning tuzilishi. Kompleks birikma shunday birikmaki, uning molekulasi yoki ioni markaziy atomga ega bo’lib, buni bir necha ion yoki molekulalar, ya’ni ligandlar qurshab turadi.
Kompleks birikmalar oddiy molekulalardan farq qilib, kompleks xosil qiluvchi markaziy atomni qurshab turuvchi ion va molekulalar mustaxkam bog’lab turadi. Хatto eritmalarda xam u o’zining mustaxkamligini saqlab qolishga intiladi.
Yangi kimyoviy bog’ hosil qilmasdan yoki yangi elektron jufti yuzaga kelmasdan oddiy molekulalardan murakkab molekulalar hosil boʻlishi kompleks birikmalarni yuzaga keltiradi. Kompleks birikmalarda olingan va berilgan elektronlarning soniga qarab valentlikni bilib boʻlmaydi.Kimyo tarixida birinchi marta olingan kompleks birikma 1798 yilda Tasser tomonidan olingan boʻlib, bu birikma [Co(NH),]CI, hisoblanadi.Kompleks birikmalar ikkita polar molekulalarning oʻzaro ta’siridan hosil bo’lishi mumkin.
1. Ammik gaz, vodorod xlorid ham gaz, lekin hosil boʻlgan kompleks birikma ammoniy xlorid qattiq moddadir:
NH, + HCl = [NH,]CI

2.Kalsiy xlorid va ammiak ta’siridan hosil boʻlgan murakkab


Modda kompleks hisoblanadi:
CaCl,+8NH, = [Ca(NH,),]Cl,

Kristall
Ba’zan kompleks birikmalar hosil boʻlishida keskin rang oʻzgarishi sodir bo’lib, cho’kma eritmaga o’tadi:


CuCl, + 2NH OH = Cu(OH), + + 2NH, CH

Havorang cho’kmaga mo’l miqdorda NH,OH qoʻshsak, cho’kma eriydi va ko’kish-siyoh rangdagi eritma hosil boʻladi:


Cu(OH),+4NH,OH = [Cu(NH,),](OH), + 4H,O
To’q ko’k rangli eritma
Ba’zan komleks birikmalar hosil bo’lishida cho’kmalar eritmaga
O’tadi:
Fe(CN), + 4KCN=K,[Fe(CN),] sariq qon tuzi

Fe(CN), + 3KCN = K,[Fe(CN),] qizil qon tuzi


Agar reaksiya sharoiti o’zgartirilsa ham kompleks birikmalar hosil bo’lib:
CrC, + 6H0_ [Cr(H_O),]C,

Bu kompleks birikma ko’k binafsha rangli. Undan bir molekula suv ajralsa, to’q yashil rangli birikma:


[Cr(H,O),CIJCI,
Yana bir mol suv ajralsa och-yashil rangli birikmaga aylanadi:
[Cr(H,O),CI,JCI
Ko’rinib turibdiki, sharoit o’zgarishi bilan komleks birikmalar ning molekular formulasi va xossalarida o’zgarish ro’y beradi.
Shunday qilib, bir kompleks ikkinchisiga o’tadi.
Suvsiz eritmalardagi almashinish reaksiyalari orqali kompleks birikmalar olish so’nggi paytlarda keng ko’lamda ishlatilmoqda. Odatda, kompleks hosil qiluvchi metall ionlarining suvga moyilligi yuqori boʻladi. Ligandlarda bo’lsa, suvda eruvchanlik xossasi oz. Agar xrom (III) xloridga suvli eritmada etilendiamin (En) ta’sir ettirilsa, quyidagi birikma hosil bo’ladi:
[Cr(H,O),JCl,+3En= [Cr(H,O),(OH),]+3EnHCl yashil rang
Osiyoh rang
Agar shu reaksiya suvsiz CrCl, va En orasida efirda olib borilsa, juda oson kompleks hosil bo’lishi kuzatiladi:
CrCl,+3En = [Cr(En),] Cl, sariq rangli
Erituvchilar ishtirokisiz kompleks birikmalar olish ham ko’p qoʻllaniladi. Agar ligand suyuq bo’lsa va ko’p miqdorda olinsa, shu ligand erituvchi bo’lib xizmat qiladi. Masalan, [Ni(NH),JCI, shu usulda olinishi mumkin, lekin bu kompels ko’pincha suvli ammiak eritmasidan sintez qilinadi. Biroq [Cr(NH),JCI, olish uchun suvli eritma yaramaydi, chunki bu holda Cr(OH), hosil bo’lib qoladi.Qattiq holatda boʻlgan kompleks birikmalarning termik parchalanishi orqali ham kompleks birikmalar olinadi. Ana shunday usulni qo’llash orqali 250°C da qizdirish orqali trans- [PLA,X] olinadi:
[Pt(NH),JCI, trans[Pt(NH),CI,]+2NH,sariq
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari ham kompleks birikmalar olish usullaridan biridir. Kobaltning (II) birikmalari kobalt (III) birikmalari olishda doim xomashyo hisoblanadi. Kobalt (II) akva komplekslari uning(III) valentli amminli kompleksga o'tkaziladi:

4[Co(H,O), ICI,+4NH,CI+20NH, +0,= och pushti


4[Co(NH,),JCI,+26H,0 jigar rangli
Bundan tashqari, kompleks birikmalar olishda katalizatorlar ishlatish, metalligand bog'ini uzmasdan kompleks birikmalar olish, va sis, trans izomerlar olish usullaridan ham foydalanish mumkin.Kompleks birikmalar asoslar, kislotalar, tuzlar holatida bo' lishi mumkin. Ular ichida elektrolitmas moddalar ham bor.



Yüklə 240 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin