Allel va allel bo‘lmagan genlarning o‘zaro ta’sirini tahlil qilish
10-rasm. To‘tilarda komplementar holda irsiylanish. Abb – havorang; aaB – sariq; A-B – yashil; aabb – oq.
dan domi nant belgili to‘tilar retsessiv belgili to‘tilar bilan chatishtirilganda ikkinchi avlod duragaylar 3:1 nisbatda xilmaxillik berishi aniqlandi. Dominant belgili ikki xil havorang va sariq patli to‘tilarni chatishtirish va F1 F2 duragaylarni tahlil qi- lish yo‘li bilan yashil patli to‘tilarni olish mumkinligi Pennet kataklaridagi fenotipik, genotipik sinflarni tahlil qilganda ko‘zga yaqqol tashlanadi.
fen
havorang
sariq
P gen
AAbb
aaBB
gam
Ab
aB
F1 fen
yashil
yashil
gen
AaBb x
AaBb
Komplementar irsiylanishning eng xarakterli tomoni bu – har xil genotipli ikki organizmlarning chatishtirishdan olingan bi rinchi avlodda ota-onaga o‘xshamagan yangi belgini rivojla- nishidir.
Komplementar irsiylanishning ikkinchi avlodida hamma vaqt to‘rt xil fenotipik sinf rivojlanmaydi. Ayrim holatlarda uchta yoki ikkita fenotipik sinf ham rivojlanadi. Keyingi holatlar fenot ipi o‘xshash genotipi turlicha bo‘lgan organizmlarni cha tishtirishda kuzatiladi. Masalan hidli no‘xatning genotipi har xil, lekin gultoji barglari oq navlarini chatishtirishdan olingan birinchi avlodda guli qizil rang, ular o‘zaro chatishtirilganda hosil bo‘lgan F2 o‘simliklarning 9/16 qizil, 7/16 oq rangli bo‘ladi.