Kompozit plomba ashyolari haqida tushuncha.
Pyer Fosharni bu kitobi XVIII asrda asosiy manba hisoblangan. Foshar tishlarni davolash uchun asbob-uskunalarni takomillashtirgan va yaratgan. U tishlarni charxlash uchun bormashinaga o‘xshash borni aylantiruvchi asbobdan foydalangan. Tishlarni plombalash uchun har xil egilgan shtoferlardan foydalangan. Plombalovchi ashyo sifatida qo‘rg‘oshin, qalay va oltindan foydalangan. Davolangan tishlar 20—30 yil xizmat qilishi mumkinligini ta’kidlagan.
1770- yilda hozirgilarga yaqin plomba ashyolari paydo bo‘la boshlagan. XIX asrda fransuz shifokorlari Arnazzan (1808) va Delabarr (1815) lar kariyes bo‘shliqlarini davolash va plombalash usullarini taklif qilganlar. Delabarr emal pichoqlari bilan bo‘shliqlariga ishlov bergan va pulpitlarni davolashda pulpani kuydirib, ustidan oltin fal’ga bilan yopgan. Kuydirishda qizigan simni pulpaga tiqib maqsadga erishgan. Shu paytda, boshqa fransuz shifokori Darsse tarkibi 8 qism vismut, 5 qism qo‘rg‘oshn va 3 qism sink (rux) va yengil eruvchi metaldan bo‘lgan plomba ashyosini yaratgan. Bu keng qo‘llanilgan. Renar esa bunga bir qism simob qo‘shib amalgamani yaratilishiga sababchi bo‘lgan. 1819- yilda Bell birinchi bo‘lib amalgamani kumush qipiqlarni, kukunlari bilan simobni qo‘shib tayyorlashni taklif etgan. 1859- yilda nems tish shifokori Lippold misli amalgamani taklif etgan. Amalgamalar hozirda ham takomillashib, terapevtik stomatologiya amalyotida ma’lum sharoitlarda qo‘llanilmoqda. 1836- yilda amerikalik tish shifokor Vud Spuner pulpani devitalizatsiyalash-jonsizlantirish, o‘ldirish uchun margumush (mishyak) kislotasini qo‘llangan.
Terapevtik stomatologiyani bir necha bo‘limlarga bo‘linadi:
1. Fizioterapevtik bo‘lim. Bu bo‘limda og‘iz bo‘shlig‘i, paradont va tish kasalliklarini fizikaviy tekshirish (termodiag-nostika, elektrodiagnostika, elektroodontodiagnostika va boshqa tekshirish usullari) va davolash (UFO, UVCH, elektroforez, flyuktuorizatsiya va boshqa davolash usullari) muolojalari olib boriladi.
2. Gigiyena (tozalik) xonasi. Bu xonada maxsus moslamalar yordamida bolalarni, davolanishga keladigan bemorlarni, og‘iz tozalik qoidalarini qanday va qaysi usullarda bajarish zarurligi o‘rgatilib boriladi.
3. Paradontologiya xonasi. Bu joyda paradont kasalliklarini tekshirish, ularni davolashga mo‘ljallangan moslama, apparat, dori-darmonlar o‘rin oladi va shu ishni bajarishga layoqatli terapevt stomatolog-paradontologlar ishlashadi.
4. Shilliq qavati kasalliklarini davolash xonasi. Bu xonanining bo‘lishi, ya’ni og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklarini iloji boricha alohida xonada qabul qilishdan maqsad — bu tur kasalliklar yuqumli (masalan, Botkin kasaligi yoki zaxm-sifilis, SPID va boshqalar) hisoblanadi. Og‘iz shilliq pardasini tekshirishga va davolashga mo‘ljallangan moslama, apparat, reaktiv va boshqa zarur ashyolar bu yerda mavjud bo‘lishi kerak.
5. Gidroterapiya. Bu xonada maxsus ishlangan, 4—6 atmosfera bosimi bilan maxsus moslama yordamida og‘iz bo‘shlig‘ini yuvish, paradont to‘qimalarini yuvish kabi ishlar muolajalar bajariladi.Bu erda davolashning birinchi bosqich, og‘iz shilliq qavati kasalliklari, paradont kasaliklari bilan og‘rigan bemorlarda o‘tkaziladi. Bu turdagi kasalliklarda og‘iz bo‘shlig‘ida, paradontal tish-milk cho‘ntaklarida yig‘ilgan yiring, mikroblar va ular ishlab chiqargan zaxarlar oqibatida og‘iz bo‘shlig‘ida paydo bo‘ladigan qo‘lansa hidlarni bemorlarni xalos qilish yoki ularni kamaytirish maqsadida, davolashdan oldin shu xonada suv bilan davolash-gidro 8 terapiya muolojalari qo‘llaniladi. Maxsus moslamalar orqali og‘izga tushadigan suvga turli yoqimli, xushbo‘y hidli suyuqliklar, dorilar aralashtirish, qo‘shish mumkin.
6. Rentgenologiya. Tish kasalliklari, paradont to‘qimasi xastaliklaridagi patalogik o‘zgarishlarni rentgan nurida ko‘rish, rasmga olish, ularning tashhis qo‘yilishi va davolash jarayonlari hamda, davolashdan keyingi muddatlardagi o‘zgarishlarini aniqlash uchun o‘ta muhim ahamyatga ega.
Ma’lumki, o‘tkir chuqur, hususan, chuqurlashgan chuqur kariyesda ta’surotlar ta’sirida kovak tubida qattiq og‘riq paydo bo‘ladi. Ta’surotlar dentindan, undagi odontoblast hujayralarining o‘simtalari orqali beriladi. Pul’paga o‘tadigan ta’sirotlar ta’sirini kamaytirish uchun, shu ta’sirotlarni qabul qilib, o‘zi orqali o‘tkazib beradigan odontoblast hujayralarining o‘simtalari bo‘shlig‘ini bekitish, ya’ni ularni o‘tkazuvchanlik faoliyatini pasaytirish kerak. O‘tkazilgan eksperimental kuzatuvlar (L.I. Arbanovich, 1986) natijasida davolash balchiqlarining suyuq qismi ta’sirida kariyes kovagining tubida dentinga o‘xshash modda hosil bo‘lishi, dentin kanalchalari bo‘shliklarining bekilishi, ya’ni bu vositaning odontotrop denten hosil qilish qobiliyati borligi aniqlandi. Chuqur kariyesda bo‘ladigan dentinning haddan tashqari sezuvchanligini kamaytirish, pasaytirsh uchun 2%-li ftorid natriy, glyukokortikoidlar (l.Verman, 1985), ikkilamchi dentin hosil bo‘lishni jonlantiradigan vositalar, anestetiklar qo‘llaniladi. Chuqur kariyes kovagini plombalashda qo‘llaniladigan plomba ashyolarining chidamligiga va yopishqoqlik xususiyatlarini, ikkilamchi kariyesni oldini olishni ta’minlashini e’tiborga olish. Bunda qo‘llanadigan taglik alohida ahamiyatga ega, hamda u doimiy plomba tarkibidagi pulpa uchun zararli moddalari pulpaga o‘tishini to‘sib turadi.
Pulpoektomiyaga bemorni tayyorlash boshqa ambulatoriya operatsiyalariga o‘xshash bo‘lib, bunda bemorning ichki a’zolarining holatini so‘rab bilish, qaysi dori va preparatlarni o‘zlashtira olishi mumkinligini aniqlashga qarab qarshi ko‘rsatmalar belgilanadi.
Pulpa ekstraksiyasi sistemali qizil kasalligida, xattoki uning remissiya davrida ham og‘ir kechadi. Gormonlar bilan davolanadigan bemorlar (jumladan pufakli yara) da kasallik stabilizasiyasiga pulpa ekstirpasiyasini o‘tkazmaslik kerak. Shifokor-stomatolog yuqorida keltirilgan vaqtinchalik qarshi ko‘rsatmalarda bemorga og‘riqni bostiradigan tez yordam ko‘rsatib turish bilan chegaralanib, keyinchalik ekstirpatsiya muolajasini o‘tkazish kerak.
Bemorni davolashga tayyorlashda, qaysi antiseptikalar, dori-darmonlar, kanalni plombalash uchun qo‘llanadigan ashyolar qo‘llash mumkinligini aniqlash zarur. Ba’zi betoqat, o‘ta qo‘rqoq bemorlarni pulpoektomiyaga tayyorlash, xususan asabi sust odamlarni, shuningdek, tireotoksikoz, qandli diabet, gipertoniya kasalligi bilan og‘riydigan bemorlar bilan shifokor suxbat o‘tkazishi, tushuntirishi, ayrim paytlarda turli tinchlantiruvchi dori va preparatlar yordamida psixoprofilaktika va premedikatsiya o‘tkazishi talab etiladi.
Ma’lum bir umumiy kasallik tufayli kasalxonada yotgan bemorning pulpali, kanallari butunlay o‘tmas ko‘p ildizli tishni pulpasini qisman olib tashlash (devital amputatsiya) usulida davolash ham mumkin. Bunda, devitallovchi pasta yordamida jonsizlantirilgan toj pulpa mexanik ishlov berish bilan olib tashlanadi. O‘tmas kanallarda qolgan pulpa mumifikatsiyalovchi vositalar (rezorsin-formalin usuli) qo‘llab, bir necha bor impregnasiya (shimdirish, so‘rdirish) qilinadi. O‘tmas kanallarning kirish qismlari va kovak tubiga rozorsin-formalin pastasi yoki rezodent pastasi qo‘yiladi. Suvli dentin va sekin qotadigan sementli plomba ashyolarining biridan tayyorlangan pastadan taglik qo‘yilib, tishga doimiy plomba qo‘yiladi.
Ko‘p ildizli pulpit bilan og‘rigan tishlarni infiltrasion yoki o‘tkazuvchi og‘riqsizlantirish ostida devital usulda davolashda endodontik asboblar yordamida tishning tor, o‘tmas kanallarini o‘tish va kengaytirish jarayonida, ulardan devitallangan pulpani olib tashlash bilan davolash usuli ham nisbatan sog‘lom kishilarda o‘tkazilishi mumkin.
Birinchi qatnovda kariyes kovagiga to‘liq mexanik va medikamentoz ishlov berilib, unga ma’lum bir shakl beriladi. Toj pulpa ham olib tashlanadi, hamda kanalga mexanik va medikamentoz ishlov berilib, antiseptiklar bilan yuvilib tozalangach, unga antiseptiklardan biri pilik shaklda qo‘yiladi va tor, o‘tmas kanallarning kirish qismlariga devitallovchi pasta qo‘yilib tish vaqtinchalik plomba bilan germetik ravishda zich yopiladi.
Ikkinchi qatnovda tishdagi davolash boylami olib tashlanadi. Tor, o‘tmas kanallar endodontik asboblar yordamida o‘tiladi, kengaytirib tekislanadi, antiseptiklar bilan yuvib tozalanadi. O‘tuvchi va odatda tor, o‘tmas, ammo kengaytirilgan kanallar yuqorida qayd etilgan plomba ashyolari bilan ildiz uchi teshigigacha yoki bu teshikdan chiqarilib plombalanadi va tishga doimiy plomba qo‘yiladi. Shunday qilib, ko‘p ildizli pulpit bilan og‘rigan tishlarni og‘riqsizlantirish ostida devital usulda davolashning eng samarali va foydali — bu davolangan tishda, ma’lum vaqtdan keyin qoldiq pulpa, pulpoperiodontit, periodontit kabi asoratlarni kelib chiqmasligiga kafolat beradigan davolash usulidir. Bunday talablarga faqat uchinchi xil bo‘yicha pulpitni davolash usuli, ya’ni endodontik asboblar yordamida ko‘p ildizli tishning barcha kanallarini oxirigacha o‘tib, kengaytirib va tekislab, ularga antiseptik ishlov berilganidan keyin, ularni to‘liq plombalab, tishga doimiy plomba qo‘yish bilan davolashni tugatish usuli javob bera oladi.
Vital yoki devital amputatsiyadan keyin, ma’lum vaqt o‘tgach kanalda qolgan pulpaning qayta yallig‘lanishdan yoki jonsizlantirilgan pulpaga infeksiya qo‘shilishidan periodontda turli og‘riqlar paydo bo‘ladi va qoldiq pulpit yuzaga keladi. Bunda pulpitni davolashda qo‘llaniladigan muolajalar qo‘llanilib, yallig‘langan yoki o‘lgan pulpa olib tashlanadi, hamda kanal odatdagidek plombalanadi va tishga doimiy plomba qo‘yiladi.
Pulpitni davolashda periodontga infeksiyani o‘tishiga asosiy sabab — bu aseptikaga to‘la rioya etmaslikdir. Agar aseptika qoidalariga to‘liq amal qilib, ishlatiladigan asboblar va ashyolarni sterillab, qilinadigan muolajalar bajarilsa, unda periodont kamroq ozorlanadi.
Amaliyotda zamonaviy endodontik asboblarning kirib kelishi, periodontga salbiy ta’sir etadigan dorilar o‘rniga fermentlar, dorivor o‘simliklardan tayyorlangan dorilarning ko‘proq qo‘llanishi, pulpani davolash jarayonida tish kanallariga ishlov berishda bajariladigan muolajalarning periodont uchun zararsizligini ta’minlamoqda. "O‘tmas" kanallar o‘tuvchiga aylanishi va ularni ildiz uchi teshigigacha to‘liq plombalanishi, pulpit bilan davolangan tish ildizi atrofidagi periodont va boshqa to‘qimalar kasalliklarini oldini olishga sabab bo‘lib kelmoqda.
Dostları ilə paylaş: |