Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalari



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə11/91
tarix20.11.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#163495
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   91
Kompozision materiallarning zamonaviy texnologiyalari Raximov Sh

GLOSSARY......................................................................................................

191

HANDOUTS.....................................................................................................

193

LITERATURE...............................................………………………………..

197

KIRISH
Respublikamizda qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish tarmog‘ida islohotlarni chuqurlashtirish va ularni rivojlantirish, qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari turini hamda ularni ishlab chiqaruvchi korxonalar sonini ko‘paytirish borasida muayyan ijobiy natijalarga erishilmoqda.
Respublikamizda yoqilg‘i va energetika resurslaridan samarali foydalanish borasida yuzaga kelayotgan muammolar sababli zamonaviy qurilish materiallarini ishlab chiqarishda energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan kompozitsion qurilish materiallarining ulushi tobora ortib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947- sonli «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni, 2016 yil 28 sentyabrdagi PQ-2615-sonli
«2016-2020 yillarda qurilish industriyasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi, 2017 yil 8 avgustdagi PQ-3182-sonli «Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustivor chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi, 2019 yil 23 maydagi PQ-4335-sonli «Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarorlariga muvofiq qurilish materiallari ishlab chiqarish faoliyatining darajasi va sifatini yaxshilash, bu sohadagi ishlarning iqtisodiy samaradorligini oshirish maqsadida mamlakatimizda standart talablariga javob beradigan innovatsion va kompozitsion qurilish materiallarini ishlab chiqarishni kompleks rivojlanishini ta’minlash ustida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.
Kompozitsion qurilish materiallarini ishlab chiqarish sanoatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari qo‘yidagilar: sohaga ilmiy yangiliklarni qo‘llash; kompozitsion qurilish materiallari sifat darajasi va samarasini oshirish; ishlab chiqarishda mehnat sarfini kamaytirish, yuqori sifatli kompozitsion materiallarni ko‘plab ishlab chiqarishni tashkil etish, ishlab chiqarish texnologiyasini tubdan yaxshilash uchun eng zamonaviy texnologik jarayonlarni
keng ko‘lamda tadbiq qilish; yuqori unumdor avtomatik uskunalarni ishlatish; kompozitsion materiallarni hossalarini aniqlashda xomashyo mahsulotlarning sifatini boshqarish va nazorat sistemasini eng sifatlisini qo‘llash; hisoblash texnikasidan keng foydalanish; chiqindiga chiqarmaydigan va resurslarni tejamlash texnologiyasini qo‘llash; sanoat chiqindilari va ikkilamchi mahsulotlarni keng ko‘lamda qo‘llash; ishchi, energiya va material resurslarini tejamkorligini oshirish maqsadida ishlab chiqarish rezervlaridan keng foydalanish.
Kompozitsion qurilish materiallari bu asosiy qurilish materiallaridan biri bo‘lib, ularni ishlab chiqarish kun sayin o‘sib bormoqda. Kapital qurilishdagi asosiy masalalardan biri, bu qurilish materiallarini ishlab chiqarish va qo‘llashni takomillashtirish, sifatini yaxshilash hamda ilmiy-texnik yutuqlarni qurilishda qo‘llash hisoblanadi.

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin