Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalari


-BOB. KOMPOZITSION MATERIALLARNING ZAMONAVIY



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə12/91
tarix20.11.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#163495
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   91
Kompozision materiallarning zamonaviy texnologiyalari Raximov Sh

1-BOB. KOMPOZITSION MATERIALLARNING ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARI FANINING MOHIYATI, UNING MAQSADI VA
VAZIFALARI.
    1. Kompozitsion qurilish materiallarining o‘rni va roli. Kompozitsion materiallar to‘g‘risida asosiy tushunchalar. Kompozitsion materiallardan


qurilishda foydalanish. Fanning maqsad va vazifalari.

Ushbu fan kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalariga oid masalalar, kompozitsion qurilish materiallarining turlari, xom ashyosi va ishlab chiqarish usullari, zamonaviy kompozitsion bog‘lovchi moddalar turlari va xossalari, fibrobeton turlari va ular asosida buyumlar ishlab chiqarish texnologiyasi, asbestsement kompozitlar asosidagi buyumlar turlari va xususiyatlari, betonpolimerlar ishlab chiqarish texnologiyasi, yog‘och-mineral asosidagi kompozitlar ishlab chiqarish asoslari va xususiyatlari, fibrolit va arbolit asosidagi buyumlar va ishlatilish sohalari, yog‘och-polimer kompozitlar klassifikatsiyasi, polimer kompozitsion materiallar haqida malumot va qo‘yiladigan talablari, jarayonning o‘ziga xos tomonlari va mohiyatini qamrab oladi.


“Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalari” fani ixtisoslik fanlari blokiga kiritilgan kurs hisoblanib 2-3-kurslarda o‘qitish maqsadga muvofiq. Mazkur fan boshqa fanlarning nazariy va uslubiy tomonlarini tashkil qilib, o‘z rivojida ushbu yo‘nalishdagi fanlar uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi.
Qurilish umumiy narxining 50-60 foizi qurilish materillariga sarflanadi. Qurilish materiallarini tayyorlash uchun har yili davlatimiz korxonalarida million tonnalab turli komponentlar qayta ishlanadi, tashiladi va ishlatiladi. Qurilish materiallari va umuman qurilish tan narxini pasaytirish uchun qurilish materiallari korxonalarini xomashyo konlariga yaqin joyda qurish kerak, shunda tashish xarajatlarini minimallashtirish mumkin. Shu bilan birga mahalliy xom ashyolarni ishlatish katta iqtisodiy ahamiyatiga ega.
Barcha qurilish materiallari va buyumlari sifat ko‘rsatgichlari bo‘yicha shu material va buyumga tuzilgan standart talablariga javob beradi. Bu standartlar ilm- fan va texnikaning eng yangi yutuqlari asosida ishlab chiqiladi.
Ishlatilish doirasiga ko‘ra standartlar xalqaro (ISO), davlatlararo (GOST), respublika (O’zDST), korxona (KSt) standartlari va texnikaviy shartlarga (TSh) bo‘linadi. Har bir standartda qurilish materialining aniq nomlanishi, markalar va navlar bo‘yicha sinflanishi, ishlab chiqarishga, sinash usullariga, saqlash sharoitlariga va tashishga bo‘lgan texnikaviy shartlari keltirilgan. Standart qonun kuchiga ega bo‘lgan hujjatdir. Davlatlararo (GOST) va davlat (O’zDST) standartlari belgilanishidagi birinchi son standartining tartib raqamini, ikkinchisi esa standart tasdiqlangan yilni belgilaydi. Masalan, GOST 530-95 «Sopol g‘isht va toshlar».
Qurilish va qurilish materiallari sohasida standartlardan tashqari o‘z ichiga me’yoriy hujjatlarni olgan qurilish me’yorlari va qoidalari (QMQ) tizimi ham amal qiladi. QMQ barcha qurilish tashkilotlari va korxonalari uchun majburiy bo‘lgan loyihalash, qurish va qurilish materiallariga bag‘ishlangan me’yoriy hujjatlarning to‘plamidir.
Qurilish materiallarini hozirgi zamon talablariga javob berishi uchun davlatimizda metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirishga katta ahamiyat berilmoqda. Insonlar xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatuvchi qurilish ashyolari majburiy sertifikatlashtirish ro‘yxatiga kiritilgan. Bularga sopol g‘isht va toshlar, gipsli bog‘lovchi moddalar, sement va hokazolar misol bo‘la oladi.
O‘zbekistonda hozigi davrda yangi turdagi kompozitsion qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi bir qator texnologiyalar joriy etilayaptiki, bu texnologiyalar oldindan belgilangan xossalarga ega bo‘lgan materiallarni kam energiya sarflab chiqindilarsiz olish imkonini bermoqda. Bunday kompozitsion qurilish materiallariga sementning yangi turlari, pardozbop g‘isht va plitkalar, pardozbop organik va anorganik ashyolar va h.k. misol bo‘la oladi.
Kompozitsion materiallar ishlab chiqarishni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan yana biri qurilishni qisqa muddatlarda olib borish imkoniyatini beradigan, qurilmalarning vaznini kamaytiradigan, qurilishning sifatini oshiradigan va tannnarxini pasaytiradigan samarador materiallar va buyumlar ishlab chiqarish deb belgilandi. Misol tariqasida har xil qurilish materiallaridan tayyorlangan devorning qalinligi va 1m2 yuzasining massasini solishtirib ko‘rish mumkin.
Bu o‘rinda beton va yig‘ma temir-beton buyumlarni ishlatish ham katta ahamiyatga ega. Temir-beton buyumlar va qurilmalarning samaradorligi mehnat unumdorligini oshirish, qurilish muddatini qiskartirish imkoniyatini beradi. Shuning uchun temir-beton buyumlar, shu jumladan oldindan zo‘riqtirilgan qurilmalar ishlab chiqarish rivojlanmoqda.
Yengil metall konstruksiyalarini ishlatish-texnikaviy progress yulida katta qadamdir. Bunda qurilish muddatini 15-20% qisqartirish, mehnat unumdorligini 20-25% oshirish, transport harajatlarini ancha kamaytirish mumkin. Ayniqsa alyuminiydan tayyorlangan qurilmalar sanoat va fuqaro qurilishlarida keng ishlatilmokda.
Qurilishda elimlangan yog‘och konstruksiyalar va asbestsement buyumlarni ishlatish ham katta foyda keltiradi. Bunday binoning massasini 4-5 marta, mehnat sarfini 40-45% kamaytirish mumkin. Kompozitsion qurilish materiallari sanoatida kam energiya sarflanadigan texnologiyalarga ko‘proq ahamiyat berilmoqda. Masalan, quruq usulda portlandsement ishlab chiqarish rivojlanmokda, chunki bu usulda portlandsement ishlab chiqarishda boshqa usullarga nisbatan 1,5-2 marta kam elektr energiyasi sarflanadi.
Atrof-muhitni muhofaza qilish va yoqilg‘i energiyasini tejash maqsadida chiqindi asosida qurilish materiallari ishlab chiqarish keng joriy etilmoqda. Sanoat chiqindilari: metallurgiya shlaklari, kul, issiqlik elektrostansiyalari chiqindilari, fosfor shlaklari, marmar, granit kabi toshlarni qayta ishlash korxonalarining chiqindilari va boshqalar qurilish materiallari ishlab chiqarishda katta xomashyo bazasi hisoblanadi. Bular bog‘lovchi materiallar olishda, betonlar uchun yengil
to‘ldiruvchilar sifatida, issiqlik izolyatsiyasi, sopol buyumlari uchun xom ashyoga qo‘shimchalar sifatida ishlatiladi.
Issiqlik energiyasi sarfini kamaytirish maqsadida bino va qurilmalarda issiklik izolyatsiyasi materiallari keng ishlatilmoqda. Polimer qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish jadal rivojlanmoqda. Shuningdek yengil konstruksiyalar, pol va sanitar-texnik jihozlar uchun polimer materiallar, plastmassa quvurlar, issiqlik izolyatsiya materiallari, lok-bo‘yoq va boshqa uzoq muddatga chidamli polimer materiallar qurilishda yaxshi samara bermoqda.
Kompozitsion qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun davlatimizda katta xomashyo zahiralari mavjud. Qazilma boyliklar va xomashyo mahsulotlarining ko‘pligi qurilishni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi.
Shu bilan birga kompozitsion qurilish materiallari ishlab chiqarishda sanoat chiqindilarini keng ishlatish ham asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Masalan, metalurgiya sanoati chiqindisi bo‘lgan shlaklardan qurilish materiallari sanoatida har xil zich, g‘ovak va tolasimon tuzilishli materiallar olinadi.
Sanoat chiqindilarini ishlatish qurilish materiallari uchun xomashyo bazasini kengaytirish bilan birga, chiqindilar egallab turgan ko‘pgina erlarni bo‘shatish atrof muhitni tozalash imkoniyatini ham beradi.
Kompozitsion qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish borasida asosiy vazifalardan biri mahalliy xomashyoni ko‘proq ishlatish va undan olinadigan mahsulotni sifatini oshirishdir. Misol uchun mahalliy xomashyo bo‘lgan ohak va qum asosida silikat betonlar, mahalliy gil tuproqlar asosida har xil sopol ashyolar olish katta iqtisodiy samaralar beradi.
Kompozitsion qurilish materiallarini ishlab chiqarishda xomashyo sarfini kamaytirish imkoniyatlari ko‘p: bular yengil buyumlar va konstruksiyalarni, xomashyo va sanoat chiqindilarini kompleks ishlatish, ishlab chiqarishda xomashyo, issiqlik va elektr energiyasini sarflanishi normalarini, transport xarajatlarini kamaytirish va h.k. Xomashyoni sarflashda ilmiy asoslangan
normalarni ishlatish, kapital qurilishda sarf bo‘ladigan xom ashyolarni tejash qurilish-montaj ishlarining tannnarxini kamaytirish imkoniyatini beradi.
Yangi, sifatli kompozitsion qurilish materiallarini ishlab chiqarishda yangi texnologik jarayonlar va uskunalarning qo‘llanilishida texnikaviy progress katta imkoniyatlar yaratadi. Texnikaviy progressning asosiy yo‘nalishlaridan biri mahsulotning sifatini yaxshilashdir. Kapital qurilishda borgan sari ko‘proq yuqori markali sementlar, sifatli kompozit armaturalar, yengil, serg‘ovak betonlar, issiqlik izolyatsiya materiallari ishlatilmoqda. Yuqori sifatli qurilish materiallarini ishlatish bino va qurilmalarning chidamliligini oshiradi va ularni ishlatish davrida bo‘ladigan xarajatlarni kamaytirish imkoniyatini beradi.
Qurilish materiallarini ishlab chiqarishda va ularni ishlatishda muhim vazifalardan biri-atrof muhitni muhofaza qilish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni yaratishdir. Bu sohada qilinayotgan ishlar juda ko‘p. Misol uchun, sement ishlab chiqarish va uni ishlatishda changdan saqlash uchun maxsus siklonlar va pnevmo uzatgichlar qo‘llaniladi.
Kompozitsion qurilish materiallari ishlab chiqarishda texnikaviy yutuqlarni keng joriy qilishda mahsulot sifatini oshirishda mahalliy xomashyo va sanoat chiqindilarini atrof-muhitni muhofaza qilish masalasida va bir qator boshqa yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar qurilish materiallari sohasidagi fan va texnika yutuqlariga asoslanib olib borilmoqda. Qurilish materiallari fanini boyitishda olimlardan V.M. Butt, Yu.M. Bajenov, V.D. Gluxovskiy, G.I. Gorchakov, V.A. Vorobyov, K.S. Ahmedov, N.S. Kansepolskiy, I.A. Ribyov, I.K. Qosimov va boshqa olimlarning xizmatlari juda kattadir.
Qurilish materiallari va buyumlarini bino va qurilmalarda ishlatish sharoitiga ko‘ra 2 guruhga bo‘lish mumkin.

  1. Konstruksion materiallar— bular binolarning yuk ko‘taradigan qismlarida ishlatiladi. Bunday materiallarga quyidagilar kiradi:

    1. tabiiy tosh materiallari;

    2. mineral va organik bog‘lovchi materiallar;

    3. sun’iy tosh materiallar;

    4. mineral bog‘lovchilar asosida olinadigan buyumlar (betonlar, temir-beton, silikat g‘isht va boshqalar);

    5. pishirib olinadigan buyumlar (sopol materiallar va buyumlar, shisha, sitallar);

    6. polimerlar;

    7. yog‘och materiallar;

    8. kompozitsion materiallar (asbestotsement, betonopolimer, fibrobeton, shisha plastiklar va h.k.).

  2. Maxsus materiallar— bular bino va konstruksiyalarni atrof muhit ta’siridan saqlash, ishlatish xossalarini yaxshilash va qulayliklar yaratish uchun ishlatiladigan materiallar bo‘lib, ularga qo‘yidagilar kiradi:

    1. issiqlik izolyatsiya materiallari;

    2. akustik (tovush izolyatsiya) materiallari;

    3. gidroizolyatsion (namdan saqlaydigan) tombop va germetik materiallar;

    4. pardozbop materiallar;

    5. karroziyaga chidamli materiallar;

    6. o‘tga chidamli materiallar;

    7. radioaktiv ta’sirlarga chidamli materiallar.

Har bir material bir qator xossalarga ega bo‘lib, shu xossalarga ko‘ra ularning ishlatish sohalari aniqlanadi.

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin