Nazorat savollari:
Asbestsement nimadan iborat bo‘ladi?
Asbestsement buyumlar qanday tayyorlanadi?
Asbestsement ishlab chiqarish texnologiyasini aytib bering.
Asbestsementning mustahkamligi nimaga bog‘liq?
Asbestsement buyumlarining xillarini aytib bering?
Asbestsementdan yasalgan ashyolar va qurilmalarning asosiy kamchiligi nimadan iborat bo‘ladi?
3-BOB. YOG‘OCH VA POLIMER KOMPOZITSION MATERIALLAR.
Betonpolimerlar olish asoslari. Betonpolimerlar ishlab chiqarish texnologiyasi va xossalari. Betopolimerlarni ishlatilish sohalari
Yuk ko‘taruvchi, to‘siq va boshqa qurilish qurilmalarni tayyorlash uchun qo‘llaniladigan plastmassalarga yog‘och-qatlamli plastiklar, shishaplastiklar va polimerli betonlar kiradi. To‘siq qurilmalar uchun polimer ashyolarga shuningdek yog‘och-qirindili va yog‘och-tolali taxtachalar, faneralar va fanerali buyumlarni kiritsa bo‘ladi (3.1-jadval).
Polimerbetonlar mineral mayin to‘ldirgich, mayda va yirik to‘ldiruvchi va polimer bog‘lovchilar asosida olingan kompozitsion ashyodir. Polimer bog‘lovchi sifatida ko‘pincha furanli, epoksidli, poliefirli va fenolformaldegidli smolalar ishlatiladi.
3.1-jadval Yog‘och qatlamli plastiklarning asosiy fizik-mexanik xossalari
Xossalari
|
Yog‘och-qatlamli plastik uchun belgilangan miqdorlar
|
Yupqa varaqa to-lalari har xil joylashganda
|
Yupqa varaqa tolalari o‘zaro perpendikulyar
|
Dostları ilə paylaş: |