Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalari



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə46/91
tarix20.11.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#163495
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   91
Kompozision materiallarning zamonaviy texnologiyalari Raximov Sh

Polimersement beton- sementli betonga 10-20% polimer qo‘shilgan yuqori mustahkam, uzoqqa chidamli sun’iy tosh hisoblanadi. Oddiy sementli betondan farqi, unga qo‘shilgan polimer beton tarkibida bir jinsli armatura singari qotib, uning mustahkamligini hamda agressiv muhit ta’siriga bardoshliligini oshiradi. Polimer nafaqat sementli, balki gipsli, ohakli betonlarga ham qo‘shiladi. Betonlarga qo‘shiladigan polimerlar sifatida asosan PVA, latkslar, suvda eruvchan epoksid smolalari ishlatiladi. Qorishmani tayyorlash jarayonida qo‘shiladigan polimerlarning beton xossalariga ta’siri uning miqdori va turiga bog‘liq bo‘ladi.
Masalan, betonga qo‘shilgan PVA kukuni faqat quruq havo (havoning namligi 40-50%) sharoitida qotish xususiyatiga ega. Nam sharoitda qotgan polimersement betonning siqilishdagi mustahkamligi oddiy betonga nisbatan kichik bo‘ladi. Bu holat boshqa polimersement betonlarga ham xos hisoblanadi.
Suvda eruvchan polimer qo‘shilgan sementli betonning sovuqqa chidamliligi 150 dan 300 siklgacha bo‘lishi mumkin. PVA qo‘shilgan beton yog‘lar ta’sirida tezda buziladi, lekin boshqa zararli muhitlar ta’siriga chidamli hisoblanadi. Ishqalanishga bo‘lgan chidamliligi oddiy sementli betonga nisbatan 15-20 marta yuqoriligi bilan ajralib turadi. Polimersement betonlar asosan sanoat qorxonalari pollarini qurishda, yo‘l va aerodrom qatlamlarini ta’mirlashda, temir-beton konstruksiyalar choklarini to‘lg‘azishda ko‘p ishlatiladi.
Beton polimerlar- qotgan betonlarni suyuq polimerga shimdirilgan turi hisoblanadi. Ma’lumki, beton qotgandan keyin unda mayda darzlar, bo‘shliqlar, buzilgan chuqurchalar yuzaga keladi. Zich betondagi g‘ovaklar miqdori 8-20 % atrofida bo‘ladi. Beton va temir-beton buyumlarni shimdirish asosan suyuq monomer (metilmetakrilat yoki stirol), polimer (epoksid va poliefir smolalari), qayishqoq termoplastlar (bitum, petrolatum, oltingugurt) hamda har xil suyuq kompozitsiyalarda amalga oshiriladi. Beton qoziqlar poydevorini bitum bilan shimdirish natijasida uning chidamliligini oshishi aniqlangan. Hozirda zamonaviy texnologiyalar asosida yangi termoplastik polimerlarning turi va shimdirish usullari ko‘paydi.
Qurilish buyumlari va konstruksiyalarini gaz, suv o‘tkazmasligini, sovuq ta’siriga va turli xil zararli suyuqliklar ta’sirlariga chidamliligini oshirishda ularga bitum-petrolatum aralashmasi yoki oltingugurt shimdirish orqali yuqori iqtisodiy samara olish mumkinligi prof.Qosimoq E.U. va ularning shogirdlari tomonidan ilmiy asoslangan.
Qurilish materiallarining fizik-kimyoviy xossalarini yaxshilash bilan birga uning mexanik va deformativ xossalarini yaxshilash kerak bo‘lsa, quyidagi texnologiyaga asoslangan holda monomerlarda shimdirish zarur hisoblanadi: beton buyumlari va konstruksiyalarini tayyorlash, 10- 12 soat davomida 120 0C haroratda quritish, beton g‘ovaklaridagi havoni so‘rib olish, bosim ostida monomerni shimdirish, beton g‘ovaklaridagi monomerni qotirish.
Bunday betonning siqilishdagi mustahkamligi oddiy betonga qaraganda 2-10 marta, cho‘zilishga va egilishga bo‘lgan mustahkamligi esa 3-10 barobar ortadi. Beton g‘ovaklari qanchalik to‘la shimdirilsa, uning mustahkamligi shu darajada yuqori bo‘ladi. Barcha xossalari bir necha bor oshiriladi. Polimerga shimdirilgan betonning sovuqqa chidamlilik markasi 5000 siklgacha bo‘lishi mumkin. Ammo, shimdirish texnologiyasining murakkabligi beton buyumlari tannarxini oshishiga olib keladi. Bunday beton konstruksiyalar o‘ta mas’uliyatli inshootlarda ishlatish yaxshi samara beradi. Hozirgi vaqtda beton buyumlarini shimdirishdan oldin metilmetakrilat monomerini tez bug‘lanuvchanligining oldini olish maqsadida unga parafin va maxsus qotiruvchi qo‘shimchalar qo‘shiladi. Namligi 1-2 % gacha quritilgan, keyin shimdirilgan beton g‘ovaklarida monomer tez qotadi, mustahkamligi ortadi.

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin