O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti «ishlab chiqarish texnologiyalari»



Yüklə 165,18 Kb.
səhifə1/34
tarix03.10.2023
ölçüsü165,18 Kb.
#151772
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
download-edfiles-22184


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI





«ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYALARI» fakulteti


«OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYALARI» kafedrasi


«Oziq-ovqat mahsulotlarini sertifikatlash asoslari va xavsizlik mezonlari»

fanidan



AMALIY MASHG‘ULOTLARNI BАJАRISH BO‘YICHА
USLUBIY KO‘RSАTMА


GULISTON – 2022
KIRISH
Mustaqillik davrida O‘zbekiston Respublikasining konserva sanoati asosan xususiy tartibda qayta shakllanmoqda. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarining tashkil etilishi va rivojlanishi mahalliy hokimiyatlar hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining “O‘rta va kichik biznesni rivojlantirish” bo‘limi tomonidan nazorat qilinmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida yangi korxonalarning barpo etilishi, assortimentning o‘zgarishi ehtiyojdan kelib chiqqan holda amalga oshirilmoqda. Konservalangan mahsulot ichki bozorni to‘ldirish, qo‘shni mamlakatlarga eksport qilish uchun ishlab chiqilmoqda. Mahsulotning ayrim turlari Yevropa bozoridan mustahkam o‘rin olgan va respublikamiz uchun yaxshi daromad keltirmoqda. Bular: tomatdan tayyorlangan pyure va pasta, bo‘laklab quritilgan tomat (pomidor), piyoz, o‘rik, olma, shaftoli; butun quritilgan o‘rik, olxo‘ri, uzum mevalaridir; shuningdek, olma, uzum, anor sharbati va kontsentratlaridir.
Suyuq va pastasimon mahsulotlarni saqlash uchun aseptik konservalash usuli, uzluksiz ishlovchi sterillash qurilmalari, konserva tarasining yangi turlari, mahsulotni idishga quyishning yuqori unumli usullari keng ko‘lamda qo‘llanila boshladi.
Aseptik konservalash qishloq xo‘jalik mahsulotlari yoppasiga pishgan davrda katta idishlarda dastlabki qayta ishlangan holda ularning zaxirasini yaratish imkonini bermoqda. Daladagi pishiqchilik mavsumi tugaganda ushbu mahsulotni qayta ishlash jarayoni oxirigacha olib borilib mayda taralarga qadoqlanadi. Natijada konserva korxonasining ishlash mavsumi uzayadi. Uzluksiz ishlovchi sterilizatordan foydalanilishi konserva zavodining quvvatini keskin ko‘taradi.
Mahsulot sifati oshishiga standartlarning qo‘llanishi sezilarli turtki bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasida hozir qisman eski standartlar, qisman qayta ishlangan standartlar bilan birgalikda Yevropa mamlakatlarining umuman yangi bo‘lgan standartlari amal qilmoqda. Bu borada Davlat standartlari idorasida ham zamon talabiga mos holda katta ishlar olib borilmoqda.
Yuqori sifatli konservalangan mahsulot ishlab chiqarish, xom ashyoning isrof bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda xo‘jalik a’zolarining transport xarajatini kamaytirish maqsadida konservalash korxonalari bevosita xo‘jalik hududida quriladi. Qayta ishlash chiqitlari xo‘jalikning o‘zida qoladi va chorvani boqishda foydalaniladi.
Korxonada ishga xo‘jalik aholisi jalb etiladi. Mahsulot assortimenti: meva va sabzavot sharbatlari, kompot va murabbolar, sabzavot va meva marinadlari, gazak konservalar, tuzlamalar va quritilgan mahsulotlardan iborat.
Mustaqillik yillarida Evropaning etakchi firmalarining lentali press, ultrafiltr, xushbo‘y komponentni tutish bo‘limli vakuum-bug‘latish apparatlari ishlatilmoqda. Ushbu jihoz va oqim liniyalari doimiy ravishda “Ekspomarkaz” tomonidan reklama qilinmoqda va xo‘jaliklar kerakli jihoz hamda texnologiyalarni sotib olishlari uchun sharoit yaratilmoqda. Sohaning yetakchi korxonalari Yevropa mamlakatlari ko‘riklarida qatnashib, eng zamonaviy jihoz va texnologiyalarni olib kelishmoqda. Masalan “El Kol“ O‘zbek-Turk qo‘shma korxonasining “Aroma Osiyo” nomli ishlab chiqarish bazasidagi sharbat va sharbat kontsentrati ishlab chiqarish texnologik liniyalari Italiyaning “Bertuzzi” firmasining xom ashyog‘a birlamchi ishlov berish bo‘limi, Shveytsariya “Unipectin AG” firmasining ultrafiltri, Germaniyaning “Flottweg” firmasining lentali pressi, “Nagema” firmasining separatori va ”Chema ” firmasining xushbo‘y komponentni tutish bo‘limi bilan ta’minlangan vakumm-bug‘latish kompleksi bilan jihozlangan. Yangiyo‘l tumanidagi “A.Ortiqov” nomli agrofirmaning uzum va mevani qayta ishlash korxonasida o‘rnatilgan Italiya “Metro” va “Fata” firmalarining kompleks jihozlaridan tashkil topgan meva sharbati va kontsentrati, meva va sabzavot pyurelari ishlab chiqarish korxonasi ham mavjud. “Andijon durdonasi” Shveytsariyaning “Unipectin - AG” firmasining eng zamonaviy olma kontsentrati ishlab chiqarish liniyalaridan hisoblanadi. Italiyaning “Manzini” va “Rossi and Kotelli”, Avstriyaning “Novozymez”, Germaniyaning “Dyoler Neychler Fud”, Rossiyaning OAO “Krimprodmash” firmalari jahondagi eng zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqaruvchi firmalar hisoblanadi. Ushbu firmalardan liniya va texnologiya bilan birgalikda butlovchi qismlar, ferment preparatlari, jelatin, nakalit, kalkazin kabi materiallar xarid qilinadi. “Rossi and Kotelli” firmasining Toshkentdagi vakolatxonasi firma liniyalarini O‘zbekiston Respublikasida sotish uchun ochilgan va hozir bir nechta liniya sotib olib, o‘rnatish ustida ish olib borilmoqda.
Respublikamiz qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash sohasining hozirgi bosqichdagi asosiy vazifalari: xom ashyo yetishtiriladigan joylarda zamonaviy qayta ishlash tsexlari va zavodlarini barpo etish, dunyo bozorida konserva mahsuloti assortimenti va miqdori mavqeini mustahkamlash, kelajak uchun real istiqbol rejaga ega bo‘lishdir. Korxonaning rivojlanishi, uning rivojlanishini yuqori organlar tomonidan boshqarish mexanizmi shakllanishi kerak. Ishlab chiqarish tarmog‘ini inqirozdan himoyalash choralari ko‘rilishi kerak.
“Konservalangan oziq-ovqat mahsuloti texnologiyasi” mutaxassisligi bo‘yicha tayyorlangan magistr talabalar ushbu ma’lumotlardan to‘la xabardor bo‘lishlari va amaliy faoliyatida oqilona foydalana olishi kerak.

Yüklə 165,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin