14-mavzu. Referat.Referat turlari.
1. Referat haqida umumiy ma’lumot.
2. Referat va uning turlari.
3. Referatga qo‘yiladigan talablar.
1-ilova:
Referat – asosiy matn yoki bir necha manbalarni talqin qilish shakllaridan biri. Shuning uchun referat, konspektdan farqli ravishda, yangi, muallifning matni hisoblanadi. Bunday holdagi yangilik yangicha bayonni, materialning bir tizimga solinishi, har xil nuqtai nazarlarni qiyoslashda muallifning alohida poztisiyasini nazarda tutadi.
Referatlash qandaydir masalaning bir yoki bir necha manbalarning tasniflanishi, umumlashtirilishi, tahlili va sintezi asosida bayon qilinishini nazarda tutadi.
Referatning o’ziga xosligi:
- keng miqyosli dalillar, qiyoslashlar, mushohadalar, baholarga ega bo’lmaydi,
- matnda qanday yangi, muhim jihat bor, degan savolga javob beradi.
2-ilova:
Referatlar turlari:
Bayonning to'liqligi
bo’yicha
|
Axborotli (referat – konspektlar)
|
Indikativ (referat – rezyumelar)
|
Referatlanadigan
manbalar soni bo'yicha
|
Monografik
|
Tahliliy
|
Referatning tuzilishi
1. Bibliografik bayon
|
2. F.I.Oi. Asar nomi. Nashr qilingan joyi. Nashriyot.
Yil. Sahifalar soni.
|
2.Referat matni
|
- Mavzu, muammo;
referat qilinadigan ishning predmeti, maqsadlari va
tuzilishi.
-Qisqacha mazmuni.
-Aniq natijalari.
-Muallif xulosalari
- Ish natijalari qo’llaniladigan soha.
|
Referat diqqat-e’tiborni yangi ma’lumotlarga qaratadi va boshlang’ich matnga murojaat etishning maqsadga muvofiqligini belgilaydi!
3-ilova:
Dostları ilə paylaş: |