Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalari


-rasm. Ineksiya mashinalari



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə83/91
tarix20.11.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#163495
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   91
Kompozision materiallarning zamonaviy texnologiyalari Raximov Sh

3.14-rasm. Ineksiya mashinalari


Plastik massalarni termoqoliplash vakuumli va pnevmatik usullarda bajariladi. Vakuumli termoqoliplash usulida varaqali termoplastik yarim mahsulot ishlatiladi. Vakuumli termoqoliplash usuli yirik o‘lchamli nozik devorli buyumlar uchun qo‘llaniladi. Pnevmotermoqoliplash usuli vakuumlashdan farqi shundaki, bunda buyumlar siqilgan havo yordamida hosil qilinadi.
Pressslash usulida plastmassa buyumlar isitilgan gidravlik presslarda tayyorlab olinadi. Ushbu usul bilan, ayniqsa, termoreaktiv polimerlar asosidagi aralashmalardan qoliplash juda maqsadga muvofiqdir. Buni yog‘och tolali va yog‘och qirindili, ko‘p qatlamli plastik taxtalar tayyorlash uchun ishlatiladi.
Plastmassalarning asosiy xosalari. Plastmassalarning xosssalari polimerlarning kimyoviy tuzilishi, to‘ldiruvchining turi, tayyorlash sharoitli, suyultiruvchi, bo‘yovchi, barqarorlashtiruvchi va boshqa qo‘shimchalarning mavjudligiga bog‘liq.
Plastmassalarning o‘rtacha zichligi 900-2200 kg/m3 ni tashkil qiladi. Faqat uglevodorodlar asosidagi plastmassalarning o‘rtacha zichligi past hisoblanadi. Masalan, polipropilenning o‘rtacha zichligi 890-910 kg/m3, polietilenniki 910-970
kg/m3, polistirolniki 1060-1100 kg/m3, polivinilxloridniki esa 1380-1400 kg/m3 ni tashkil qiladi. Plastmassalarning o‘rtacha zichligi to‘ldiruvchilarga bog‘liq. G‘ovakliklarini o‘zgartirish bilan plastmassalarning o‘rtacha zichligini boshqarish mumkin. Og‘ir mineralli to‘ldiruvchilardan iborat bo‘lgan, yuqori zichlikdagi plastmassalarning o‘rtacha zichligi, masalan, polimerli betonlarda 2000 kg/m3 dan oshadi, yuqori g‘ovakli (yacheykali) betonlarda 10-20 kg/m3 ni (95% g‘ovaklik) tashkil etadi. Plastmassalar o‘rtacha hisobda po‘latdan 6, alyuminiydan 2,5 marotaba yengildir.
Qurilish materiallarining eng muhim samarali ko‘rsatgichlaridan biri- qurilmaning konstruktiv sifat koeffitsienti hisoblanadi. Bu ko‘rsatgich materialning mustahkamlik chegarasini uning o‘rtacha zichligiga bo‘lgan nisbati bilan aniqlanadi. O‘rtacha zichligi past bo‘lganligi bilan, odatda, plastmassalar yuqori mexanikaviy mustahkamlikka egadirlar. Shishaplastiklarning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 350 MPa gacha, tekstolitniki 250 MPa gacha boradi, yog‘och qatlamli plastiklarniki 150MPa dan oshadi. Shunisi xarakterliki, plastmassalarning faqat siqilishdagi mustahkamlik chegaralarigina yuqori bo‘lib qolmasdan, ko‘pincha past bo‘lmagan cho‘zilishdagi va egilishdagi mustahkamlik ko‘rsatgichlariga ham egadir. Shishaplastiklarning egilishdagi mustahkamlik chegaralari 550 MPa gacha, yog‘och qatlamli plastiklarniki 280 MPa gacha boradi. Qurilmaning konstruktiv sifat koeffitsienti terilgan g‘isht devor uchun 0,02, oddiy beton uchun 0,06, qarag‘ay yog‘och uchun 0,7, zich plastmassalar uchun bu ko‘rsatgich 2 gacha bo‘ladi.
Uzoq vaqt ta’sir qiluvchi kuchlanishlar ta’sirida plastmassalarda, boshqa ko‘pchilik materiallarga ko‘ra, qayta tiklanmaydigan sirg‘anish deformatsiyasining miqdori ko‘p kuzatiladi. Plastik massalarning salqilik moduli mo‘‘tadil haroratda hatto oddiy qurilish materiallari salqilik modulidan ancha kichikdir (3.17-jadval).
Boshqa materiallardan farqli ravishda past qattiqligi bilan birga plastmassa buyumlarning ishqalanishi past hisoblanadi. Masalan, polivinilxloridli linoleumni
ishqalanuvchanligi 0,035-0,05 g/sm2, mastikali polivinilatsetat emulsiyali pollarniki 0,02-0,03 g/sm2, polimersementli pollarniki 0,4 g/sm2.
Plastmassalarning gigroskopikligi, suvshimuvchanligi, suv o‘tkazmasligi ularning g‘ovakligi bilan bir qatorda gidrofillik darajasiga ham bog‘liq bo‘ladi. Zich gidrofobli polimer materiallarning suvshimuvchanligi 0,1-0,5% ni tashkil qiladi, yuqori g‘ovakli gidrofilli to‘ldirgichlarniki 30-90%. YUqori o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lganligi tufayli polimer materiallar, ayniqsa polietilen, polivinilxlorid, kauchuklar asosidagi o‘rama va mastikali materiallar gidroizolyatsiyalash uchun keng qo‘llaniladi.

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin